O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot

O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot - rasmi

Material tavsifi

o'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot Reja: Darsda va darsdan tashqari vaqtda o'qituvchining muloqoti. O'qituvchining o'quvchi bilan bo'lgan muloqotida ishontirish va ta'sir etish usullaridan foydalanish. O'qituvchining boshqarish usullari. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda berilgan muloqot turlari. O'qituvchi har tomonlama bolalarga namuna bo'lishi kerak. U avvalo xulqida shirin so'z xullas o'z kasbining mohir ustasi bo'lishi zarur. O'qituvchi qanchalik bolalarga g'amxo'r va iliqlik bilan munosabatda bo'lsa, bolalarda ham o'qitvchiga nisbatan hurmat mehribonlik g'amxo'rlik hislari paydo bo'ladi. O'qituvchi nafaqat bolalarga bo'lgan munosabati va o'zini tutishi bilan o'rnak bo'lmog'i balki, u o'zining tashqi ko'rinishi, madaniyati bilan namuna bo'lishi kerak. U har doim ozoda, estetik did bilan qiyinishi lozim. Bolalar etiborini ortiqcha narsalarga jalb etmasligi kerakki, uning yurish-turishidan, madaniyati, did bilan nafis qiyinishidan o'qituvchi ekanligi bilinib tursin. Bu esa o'quvchining o'qituvchisida muhim rol o'ynaydi. O'qituvchi uchun haddan tashqari ko'p bo'yanish, taqinchoqlar taqish ham tashqi ko'rinishdagi kamchiliklardir. O'qituvchi o'ziga o'ta talabchan bo'lishi, o'z xatti-harakatini nazorat qila olishi kerak. O'quvchilarga muomala qilish pedagoglarning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqoza etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilishi lozim. So'zlashishni muloqot olib borishni doimo o'rganib borish lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, ma'ruza, hikoya qilish kabi usullardan foydalanishi, umuman butun ta'lim- tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim. Muloqot yunoncha so'z so'zlashuv, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr olishuv, og'zaki nutq shakli ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlashuvidir. O'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqotning bo'lishi uchun, o'qituvchida etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi lozim va o'z-o'ziga quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak. Nimaga o'rgatish, kimni o'rgatish, qanday o'rgatish? Nimaga o'rgatish: a) ilm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish. b) malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish. v) o'quv predmetlari o'rtasidagi bog'liqliklarni amalga oshirish. g) o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida olib borish. Kimni o'rgatish: a) o'quvchilarning bazi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutqi, fikrlash) hamda ularni qay darajada, o'qimishli, tarbiyali ekanligini aniqlash. b) o'quvchilarni bir darajadan ikkinchi darajaga o'tishda qiyinchiliklarini oldindan aniqlash: v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalarning dalillari, fikrlarini hisobga olish: g) o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish: d) iqtidorli o'quvchilar bilan ham ishlash yakka holdagi ishni tashkil etish. Qanday o'rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hisobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashning turli usullari majmuini ishlatish. Pedagogik ta'sir ko'rsatishning asosiy usullari, bu talab, istiqbol, rag'batlantirish va jazolash, jamoatchilikda uslub bo'lib ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatning namoyon bo'lishi yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarni rag'batlantirish yoki ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 38.43 KB
Ko'rishlar soni 44 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga