O'qituvchi xarakteri va uning individual xususiyatiga qarab toifaga bo'linishi

O'qituvchi xarakteri va uning individual xususiyatiga qarab toifaga bo'linishi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi xarakteri va uning individual xususiyatiga qarab toifaga bo'linishi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi xarakteri va uning individual xususiyatiga qarab toifaga bo'linishi Bajardi: Qabul qildi : O'QITUVChI XARAKTYeRI VA UNING INDIVIDUAL XUSUSIYaTIGA QARAB TOIFAGA BO'LINIShI. RYeJA: O'qituvchi xarakterining individual xususiyatga toifalanishi. O'qituvchining individual pedagogik texnologiya jarayoni. Pedagogning bilish qobiliyatining individuallanishi. O'qituvchining individual xususiyati O'qituvchining individual xususiyatiga qarab texnikaning shakllanishi shaxsning sifatlariga xam ta'sir kursatadi. Chunonchi, nutqni ifodali, sof, savodli bo'lishi ustida ishlash, fikrlashning ravon bo'lishiga ta'sir qiladi. Psixik faoliyatni mustaqil tartibga solish usullarini egallash, fel atvor bilan bo'lgan hissiy vazminlikning rivojlanishiga olib keladi. Pedagogik texnika malakalarining shakllanish darajasida o'qituvchining umumiy madaniyati, imkoniyatlari nomoyon bo'ladi. Agar pedagogning nutqi kashshok va tartibsiz bulsa, bular-bulmas sabablar bilan o'z hissiyotlariga erk bersa, tarbiyalanuvchi hissiyotiga ta'sir kilmaydi. O'qituvchining xarakteri va uning individul xususiyatiga O'qituvchining xarakteri va uning individul xususiyatiga qarab toifaga bo'linishi, nafaqat pedagogik faoliyat samarali bo'lishi shartigina emas, balki ko'p jihatdan o'qituvchining muvaffakiyatli ishlashi natijasidir. Shu munosabat bilan o'qituvchining uzida pedagogik qobiliyatlarining aniq maqsadni kuzlab tarkib topishi va rivojlanishi katta rol uynaydi. Tajriba va maxsus tadqiqotlar buning batamom haqiqiy narsa ekanligini kursatmokda. Masalan, shaxs xususiyatlarini kuzatish o'qituvchining pedagogik tajriba hosil qilishga xam, uning maxsus ma'lumotlar to'plashida muhim urin tutadi. o'qituvchi uzining sotsial psixologik kuzatuvchanligi bilan o'quvchilarning turli xarakter xususiyatlari va mayllarini paykab qolish qobiliyatinigina emas, shu bilan birga ularning paydo bo'lish sabablarini bilib olish, ularga bu sabablarning paydo bo'lish vaziyatiga muvofik baho berish mahoratini va xoka'zolarini rivojlantirishga kodirdir. Muallim pedagogik jarayonda yetakchi kishidir. Unga yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun xam o'qituvchiga, uning axloqiy sifatlariga o'quvchilar bilan muomalasiga nisbatan alohida yuksak talablar kuyiladi. Muallim hayotga endigina kirib kelayotgan, barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan insonlar yosh bolalar bilan muloqotda bo'ladi. Bolalar ta'lim-tarbiya jarayonida umuminsoniy va milliy axloq normalarini uzlashtiradi. o'quvchi muomala odobini asosan o'qituvchi timsolida anglab oladi. Xar bir muallimning xatti-harakati Xar bir muallimning xatti-harakati, xulki, muomalasi pedagoglar jamoasining maqsadi talablariga mos bulmogi kerak. Jamoaning ayrim o'qituvchiga ta'siri pedagoglar jamoasida shakllangan muomala odobi munosabatlariga bog'liq. Xar bir bolaning tarbiyasi uchun mas'uliyatning birligi pedagoglar jamoasining o'quvchiga nisbatan talablaridan biridir. Darsda o'quvchilarning intizomi pedagogik jamoadagi muomala odobi axloqiy munosabatlar darajasini kursatadi, Kollejda o'quv intizomini saqlash butun pedagoglar jamoasining ishi. Pedagoglar jamoasida o'zaro yordam va ishonchning mavjudligi muomala odobiga amal qilishning muhim shartidir. Muomala odobiga rioya kllish pedagoglar jamoasining maqsadiga o'qituvchilarning axloqiy saviyasiga bog'liq Muomala jarayonida bazi bir xatti-harakat uylamay bildirilgan fikr, ortikcha imo-ishora odobsizlikka olib keladi. Odobsizlik esa nizoli vaziyat, qarama-qarshilik, ziddiyatli vaziyatni keltirib chikaradi. Buning natijasida muomala fikr almashuv o'zini vazifasini nizoli vaziyatga bushatib beradi. Pedagogik muomalada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 397.07 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 141 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 397.07 KB
Ko'rishlar soni 172 marta
Ko'chirishlar soni 141 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga