O'qituvchi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchi R Ye J A: O'qituvchining jamiyatdagi o'rni va ahamiyati. O'qituvchi yoshlarga tali-tarbiya beruvchi kishi. O'qituvchining pedagogik faoliyati. Pedagogik qobiliyat va maqsad haqida tushuncha. O'qituvchining kasb sifatlari. Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchiga bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tish sharoitida ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, ma'naviy barkamol inson qilib o'stirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. Bu haqda I. A. Karimov Barkamol avlod orzusi asarida: Bilimga chanqoq, istedodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoiy insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifamizdir, - deb takidlangani bag'oyat o'rinli. O'zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo'shayotgan ijodkor o'qituvchilar soni yil sayin ortib borayapti. Maktablarda metodist o'qituvchi, katta o'qituvchi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi, O'zbekiston xalq o'qituvchisi, O'zbekiston qahramoni unvonlariga sazovor bo'lgan o'qituvchilar soni ortib bormoqda. O'qituvchilarning sharafli qiyin ishining etirofi sifatida I.A.Karimovning O'z-o'ziga, el ishiga bag'ishlagan, inson tarbiyasiga jon tikkan olijanob o'qituvchilarni, mo'tabar muallimlarni bundan buyon ham boshimizga ko'taramiz, deb bildirgan etirofi, hurmati har bir o'qituvchini to'lqinlantiradi. O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitishi va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. So'nggi yillarda pedagogika kollejlarida o'qituvchilar tayyorlashni takomillashtirishiga qaratilgan ko'plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Chunonchi bo'lajak o'qituvchilarning kasb tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisosiga doir fanlar chuqur o'rganish va pedagogik mahoratni egallash maqsadida Pedagogik mahorat kursini fan sifatida o'rganilishi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'tish masalasiga etibor kuchaydi. Shuningdek, bo'lajak o'qituvchilarga pedagogik, ruxshunoslik, metodikasiga doir fanlarni o'rgatish ko'lami yanada kengayadi. O'zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturida uzluksiz ta'limni amalga oshirish g'oyasi o'qituvchi kadrlar tayyorlashga amaliy yordam ko'rsatmoqda. Shu munosabat bilan o'qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat siysati darajasida ko'tariladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogik insititutlarning maxsus fakultetlarida, malaka oshirish insititutlarida samarali amalga oshirilmoqda. O'qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasb hisoblanadi. Bu to'g'risida o'qituvchilik kasbining yosh avlodni shakllantirishdagi o'rni va ahamiyatiga bobomiz A.N.Farobiy shunday fikrni Baxt-saodatga erishuv va tug'ma qobiliyatlarning rivojlanishi o'z- o'zicha bo'lavermaydi, balki bu masalada qandaydir bir muallim yoki rahbarga muhtojlik seziladi. Haqiqatdan ham o'quvchilardagi qobiliyatlarni rivojlantirishda va tarbiyalashda muallimning xizmatlari beqiyosdir. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zi etarli emas. Chunki pedagogik nazariyadan bolalarni o'qitish va tarbiyalash haqida umumiy qoidalar, umumlashtirilgan metodlar bayon etiladi. Bu to'g'rida rus mashxur pedagogi A.N.Tolstoy Agar o'qituvchi faqat ishiga havas qo'ygan bo'lsa, u yaxshi o'qtuvchi bo'ladi. Agar o'quvchi faqat ota, onasi kabi havas qo'ygan bo'lsa, u oldingi o'qitkvchidan yaxshiroq bo'ladi. Bordi-yu, ikkala xislatni o'zida mujassamlashtirsa, u holda u ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.6 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga