O'qituvchi-kasb egasi sifatida

O'qituvchi-kasb egasi sifatida

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchi-kasb egasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

REJA: O'qituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari O'qituvchining nutq madaniyati O'qituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari Kadrlar tayyorlash milliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tayyorlovchi pedagogga qo'yiladigan zamon talablari majmuini belgilaydi. Bir-biriga bog'liq bo'lgan talablarning majmui, pedagogning umumlashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga muvofiq o'qituvchiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: ta'lim berish mahorati; tarbiyalay olish mahorati; o'quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta'minlovchi shaxsiy fazilatlari; ta'lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va nazorat qila olish mahorati va h.k Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zamon talablari pedagog «qiyofa»sini ifodalaydi. O'zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta'lim darajasini oshiruvchi omillardan biri bo'lib ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga jadal sur'atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi. Bu birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog'liq bo'lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof-muhit), kompyuter texnikasi va ilmbardosh texnologiyalar ustuvor bo'lgan va xalq xo'jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta'lim tizimining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga bog'liq bo'ladi. Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali yechimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bera oladigan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat, huquqshunoslik va shunga o'xshash boshqa fanlarning bilim asoslarini chuqur biladigan professional malakaga ega bo'lgan har tomonlama chuqur bilimga ega bo'lgan o'qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan bog'liqdir. Olib borilgan kuzatishlar va AQSH, Germaniya, Yaponiya, Fransiya va boshqa sanoati hamda intellektual bilimlari rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko'rsatib turibdiki, yuqori malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, asosan, quyidagilarga bog'liq bo'lar ekan: - ta'lim, fan va ishlab chiqarishning o'zaro samarali aloqadorligiga; - ta'lim muassasalari va professional ta'lim dasturlari turlarining (tiplarining) xilma-xilligi, ularda fan va texnikaning eng oxirgi yutuqlari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va ko'rinishlariqay darajada aks ettirilganligiga; - professional ta'lim tizimini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtisodiy tarmoqka aylantirishga; - ta'lim muassasalarini zamonaviy o'quv-metodik adabiyotlar bilan ta'minlash va ularning moddiy-texnik asosini yaratish hamda ularning moliyaviy ko'rsatkichlarini mustahkamlashga; - professional ta'lim tizimiga eng yuqori malakali o'qituvchilarni va mutaxassislarni jalb etishga; - o'quv jarayonini informatizatsiyalash va kompyuterlashtirishga; - kadrlarni tayyorlashning sifat bahosini va obyektiv nazorat tizimini qo'llashga; - shaxsning rivojlanishi, o'lchovi, sifat va xulqini, qobiliyat va intellektini baholash hamda kasbiy mahorati muammolariga bag'ishlangan psixologik-pedagogik izlanishlarni bajarishga; - o'qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag'batlantirish va ularni ijtimoiy himoyalab turishga. Bugungi kun mutaxassisi har tomonlama rivojlangan yuqori darajadagi intellektga ega bo'lgan, fan asoslarini chuqur o'rgangan bilimdon, zukko, dono, fidoiy, ma'rifatli va ma'naviyatli inson bo'lishi kerak. U o'z mutaxassisligi, masalan, iqtisodchilikdan tashqari, xorijiy tillardan birini bilishi hamda AKT dan foydalana olishi shart. Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chuqur biladigan va uning kelajagi uchun jon kuydiradigan insonparvar va oliyjanob kishi bo'lishi kerak. Uzluksiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.56 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 64.56 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga