O'qituvchilarni o'quvchilar bilan muloqot olib borish mahorati

O'qituvchilarni o'quvchilar bilan muloqot olib borish mahorati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchilarni o'quvchilar bilan muloqot olib borish mahorati - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchilarni o'quvchilar bilan muloqot olib borish mahorati Reja: Pedagogik muloqot va uning vazifasi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish yo'llari. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish qobiliyatini shakllantirish. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot olib borish yo'llari. (Biz V.A.Kan - Kalikning pedagogik muloqot haqidagi o'qituvchi va o'quvchilar uchun zarur bo'lgan maslahatlarini tulik keltiramiz. ( V.A.Kan - Kalik i dr. «pedagogikheskoe tvorchestvo»., Moskva., 1990 god, izd. «Pedagogika» )). Insonning mehnat faoliyati, mehnat, bilish, muloqot … Inson hayotida faoliyatning eng muhim sohasi hisoblanadi. Biz ular haqida ko'p gapiramiz, tahlil kilamiz. Birok aql - xushni bir yerga tuplab, astoydil uylab ko'radigan bo'lsak, garoyib bir manzaraga duch kelamiz. Inson mehnat faoliyatining shakl va usullarini o'rganish uchun ham ko'p vaqt ajratadi, dunyoni bilish usullarini o'rganish uchun ham ko'p vaqt ajratadi. Birok insonlararo muloqotga xech kim xech kaerda maxsus o'rgatilmaydi. Bizda muloqot qilishning murakkab san'atiga o'qitadigan maktab hozircha yuk. U bevosita ish jarayonida shakllanib boradi. Tasavvur qiling, siz sinfga kirib keldingiz. Pedagogik muloqotning yozilmagan ushbu qonunlarini yana bir bor eslatishga harakat kilamiz. 1. Pedagogik jarayon bizning bolalar bilan munosabatimizga asoslanadi, zotan xuddi shu munosabatlar pedagogik o'zaro ta'sirda birlamchidir, har bir «pedagogik harakat»ga takrorlanmas shaxsiylik ma'nosini beradi. O'quv materiali yoki pedagogik talabni takrorlanmas hissiyotlar yig'indisi bilan bezaydi. Bularsiz esa bola qalbi sirini xech kachon anglab bulmaydi. O'zingizning bolalar bilan munosabatingiz haqida doimo uylang, bu munosabatlarni maqsadga yo'naltirilgan holda to'zishga harakat qiling. Ular pedagogik jarayonga, qolaversa har bir bola shaxsiga sezilarli darajada muntazam ta'sir etib qoladi. Esda tuting, yozgan har bir konspekt, matn ortida tarbiyaviy ish rejasi zamirida sizning o'quvchilar bilan o'zaro munosabatingiz masalasi yashirinib yotadi. 2. Pedagogik muloqotni tashkil etishda faqat pedagogik maqsad va vazifalar bilan uralashib kolmaslik zarur. Bunday cheklanish o'qituvchining « o'z tashabbusi» bilan muloqot qilishiga olib keladi. Uning so'zlarida xukmronlik ma'nosini anglash qiyin emas. «Bu men uchun zarur. Bu pedagogik maqsad va vazifalar bilan bog'liq. Dastur va rejalardan kelib chikadi» va bashqalar. Pedagogik muloqotning « o'z tashabbusi» tashkil qilinishi o'qituvchi faoliyatini kat'iyan cheklab qo'yadi, o'quvchi uning harakat doirasidan tashqarida qoladi. Mashxur pedagoglarimizdan ko'pchiligi shunday deydilar: «Biz kattalar, o'qituvchilar bolalarga, asosan bizga xush keladigan narsalarni qilishga majbur kilamiz, ularning kungillariga qarab ish tutish esa ko'p hollarda pedagogik faoliyatimiz doirasidan tashqarida kolib ketadi». Shuning uchun bolalar bilan muloqotni yulga qo'yishda o'qituvchi tashabbusidan ko'ra «bola tashabbusi» asosida ish tutgan ma'kul. Shunda bola doimo bizning pedagogik faoliyatimiz doirasida bo'ladi. SHubxa yuk, muloqotni o'qituvchi tashabbusi bilan tashkil qilish oson. Ammo pedagogik muloqot - bu murakkab inshoot, demak uni muayyan qonun - ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.95 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.95 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga