O'qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o'rni Reja o'qituvchilik kasbi haqida. o'qituvchiga quyilayotgan talablar. o'qituvchilik kasbini tanlash. Pedagogik faoliyat. Pedagogik qobiliyat va mahorat. Tayanch iboralar: o'qituvchi, o'quvchi, uzluksiz ta'lim, faoliyat, obro', kasb, layoqat, kasbiy sifatlar. Respublikamiz hukumati xalq ta'limi sohasida o'rtaga qo'yayotgan vazifalarni bajarish ko'p jihatdan o'qituvchilikka bog'liq. Yangi iqtisodiy siyosatga o'tish sharoitida ta'lim-tarbiyadan ko'zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o'quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e'tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib o'stirish o'qituvchi zimmasiga yuklatilgan. O'zining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo'shayotgan ijodkor o'qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Ayniqsa, islohotlar davrida bunday murabbiylar el-yurtga tanilmoqda. Har yili eng yaxshi o'qituvchini aniqlash uchun o'tkazilayotgan maktab ko'riklari, tuman, viloyat, Respublika tanlovlari ana shu yutuqlarga omil bo'lmoqda. Maktablarda «metodist o'qituvchi», «katta o'qituvchi», «O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan o'qituvchi» unvonlariga sazovor bo'lgan o'qituvchilar soni tobora ko'paymoqda. Xalqimizning kelajagi, mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligi, fidoiyligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. So'nggi yillarda pedagogika institutlarida, universitet-larda, pedagogika bilim yurtlarida o'qituvchilar tayyorlashni yaxshilashga qaratilgan ko'pgina ishlar amalga oshirildi. Chunonchi, bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy tayyorligini kuchaytirish, ixtisosga doir fanlarni chuqur o'rgatish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish masalalariga etibor kuchaydi. Shunindek, bo'lajak o'qituvchilarga pedagogika, ruhshunoslik, usuliyotga doir fanlarni o'rgatish ko'lami yanada kengaydi. Pedagogika oliy o'quv yurtlarida bir qancha ixtisosliklar bo'yicha besh yillik o'quv rejalari joriy etildi. o'zluksiz pedagogik ta'lim g'oyalari amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan o'qituvchilar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ishi davlat va jamoatchilikning diqqat markaziga bo'ladi. Bu tadbirlar universitet va pedagogika institutlarining maxsus fakultetlarida, malaka oshirish institutlarida amalga oshirilmoqda. O'qituvchilarni falsafiy jihatdan keng fikrlovchi, mulohazali bo'lishlariga etibor berilayotir. Sinfiy, tarbiyaviy qarashlarning biryoqlamaligidan, ayrim shaxs va guruhlar manfaatidan umuminsoniy qadriyatlar ustun turishi takidlan-moqda. O'zbekiston hukumati maktab o'qituvchilarining haftalik o'quv ishlari hajmini kamaytirdi, maoshini oshirdi. o'quvchilarning daftarlarini tekshirgani uchun, shuningdek, «Xalq o'qituvchisi», «Xizmat ko'rsatgan o'qituvchi», «Metodist-o'qituvchi»larga va ilmiy darajasi bor o'qituvchilarga qo'shimcha haq to'lash joriy etildi. Pedagogika o'quv yurtlarida ta'lim olayotgan talabalarning stipediyalari oshirildi, ovqatlanishi uchun, shaxsiy uylarda yashagani uchun ularga qo'shimcha po'l to'lanadi. O'qituvchilik sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. Yaxshi o'qituvchi bo'lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o'zigina etarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o'qitish va tarbiyalash umumiy qonun-qoidalar, umumlashtirilgan uslubiy g'oyalar bayon etildi. o'quvchilarning yosh, individual xususiyatlarini etiborga olish takidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma-xildir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar uchrab turadi. Bu esa o'qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Shuning ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
31.42 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc