O'qituvchining dars berish mahorati. Dars maromi Reja: O'qituvchi mahoratini tashkil etishning shart-sharoitlari. O'qituvchining tarbiyachilik mahorati. Dars jarayonida o'qituvchi mahorati. O'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o'qituvchining mahorati. Kirish Bugungi kunda O'zbekiston taraqqiyotining poydevori bo'lgan barkamol avlodni ma'naviy-axloqiy jihatdan voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Sog'lom avlod davlat dasturi, Komil inson g'oyasi, Ijtimoiy himoya yili kabi davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan yo'nalishlar fikrimizning isbotidir. Albatta bu ishlarni amalga oshirishda uzluksiz ta'lim turlari, ayniqsa oliy ta'lim o'quv muassasalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ushbu maskanda ta'lim olayotgan har bir yosh yigit-qiz faqatgina u yoki bu soha mutaxassisligiga ega bo'libgina qolmay, jismoniy va ma'naviy jihatdan kamol topadi, jamiyatimiz hayotida faol ishtirok etadi. O'zining bilimi, ma'naviyati, madaniyati bilan O'zbekiston taraqqiyotining bosh yo'li bo'lgan ozod va obod Vatan uchun mehnat qiladi. Albatta bunday ulkan vazifalarni amalga oshirishda oliy ta'lim o'quv yurtlarida o'qitiladigan Pedagogik mahorat fanining ahamiyati kattadir. Chunki Pedagogik mahorat talaba shaxsini ma'naviy shakllantirishda, milliy istiqlol g'oyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashda, ularning madaniyatini rivojlanti-rishda muhim o'rin tutadi. Darhaqiqat, o'quv maskanlarida, ishlab chiqarish korxonalarida ish faoliyatini to'g'ri tashkil etish va boshqarish o'qituvchi yoki rahbarning pedagogik mahorati va pedagogik faoliyatiga bog'liq. O'qituvchi mahorati-bu bevosita pedagogik faoliyatni boshqarishning ustasi hisoblanadi. Shunday ekan, halqimizda har bir ishning ustasi bo'lganidek o'qituvchi yoki rahbar mahorati ikki baravar ustalikni talab etadi. Rahbar mahoratida shaxs psixologiyasini, ta'lim-tarbiya jarayonini yaxshi bilish muhim o'rin tutadi. Chunki mahoratli o'qituvchi talabalarning fanlardan tez o'zlashtirish, mutaxassislik kasbini tez o'rganishni tashkil etadi. 1. Inson. Inson-tabiatning qattiq materiali emas. Aksincha, indivi-dual xususiyatlarga ega bo'lgan, faol kishidir. U tushunadi, fikr qiladi, mustaqil ishlaydi. Pedagogik faoliyatning obyekti bir vaqtning o'zida subyekt bo'lib ham hisoblanadi va bir vaqtning o'zida faol ishtirokchi bo'lib xizmat qiladi. O'qituvchi talaba shaxsiga pedagogik ta'sir etib ichki dunyosi bilan yondashadi. 2. O'qituvchi doimo o'zgaruvchan, o'sib boruvchi inson bilan muloqotda bo'ladi. Albatta bunda shablon yoki eski harakatlarni qo'llab bo'lmaydi. Bu esa doimo o'qituvchidan ijodiy yondashuvni talab etadi. 3. Bolaga, o'smirga, talabalarga o'qituvchi bilan birga butun o'rab turgan muhit ta'sir etadi. Shuning uchun pedagog mahorati shuni talab etadiki, o'qituvchi o'quvchining har bir harakatida ta'sirchan bo'lishida turli munosabatda yondashish kerak. Yani o'quvchi va talaba shaxsini tarbiyalash, tarbiyaviy jarayonini tashkil etish muhim ahamiyatga ega. subyekt - yani tarbiyalanuvchga ta'sir etuvchi-pedagog, ota-onalar, keng jamoatchilikdir. Tarbiyalanuvchiga ta'sir etishning asosiy quroli-bu o'qituvchi shaxsi, uning bilimi, malakasi, nutq madaniyati. Tarbiyaning asosiy omillari-mehnat, muloqot, o'yin, o'qish faoliyat-laridir. Pedagogik mahorat - bu: birinchidan, shaxsning strukturasida o'z-o'zini boshqarish; ikkinchidan, fundamental bilimlarini, kasb mahora-tini, mutaxassislik malakasini egallash; uchinchidan, pedagogik qobiliyat-larni, mahoratni takomillashtirishni tezlashtirish; to'rtinchidan, texnik ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.55 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
40.55 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc