Reja: 1. Innovasion faoliyatning mazmuni va mohiyati. 2. O'qituvchining innovasion faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari . Innovatsion faoliyatning mazmuni va mohiyati. Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilikdir. A.I. Prigojin innovasiya deganda muayyan ijtimoiy birlikka - tashkilot, aholi, jamiyat, guruhga yangi, nisbatan turg'un unsurlarni kiritib boruvchi maqsadga muvofiq o'zgarishlarni tushunadi. Bu innovator faoliyatidir. Tadqiqotchilar (A.I. Prigojin, B.V. Sazonov, V.S. Tolstoy, A.G.Kro'g'likov, A.S.Axiezer, N.P.Stepanov va boshqalar) innovasion jarayonlar tarkibiy qismlarini o'rganishning ikki yondashuvini ajratadilar: yangilikning individual mikrosathi va alohida-alohida kiritilgan yangiliklarni o'zaro ta'siri mikrosathi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovasion jarayoni kechishining 4 ta asosiy qonuniyati farqlanadi: pedagogik innovasiya muhitining ayovsiz bemaromlik qonuni; nihoyat amalga oshish qonuni; qoliplashtirish (stereotiplashtirish) qonuni; pedagogik innovasiyaning davriy takrorlanishi va qaytishi qonuni; Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi: Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunga pedagogikadagi yangi, pedagogik yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirish va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi. Ikkinchi blok - yangini idrok qilish, o'zlashtirish va baholash bloki: pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayonlarining rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik, innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi. Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir. M.M.Potashnikning innovatsiya jarayonlari talqinlari kishi e'tiborini o'ziga tortadi. U innovatsiya jarayonining quyidagi tuzilmasini beradi: faoliyat tuzilmasi - motiv - maqsad - vazifa - mazmun - shakl - metodlar - metodika komponentlari yig'indisi; subyektiv tuzilma-innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari; sathiy tuzilma-innovatsion faoliyat subyektlarining xalqaro, mintaqaviy, tuman, shahar va boshqa sathlari; mazmun tuzilmasi - o'quv-tarbiyaviy ishlar, boshqaruv (va b.)da yangilikning paydo bo'lishi, ishlab chiqilishi va o'zlashtirilishi; bosqichlilikka asoslangan hayot davriylik tuzilmasi - yangilikning paydo bo'lishi - ildam o'sish - yetuklik - o'zlashtirish - diffuziya (singib ketish, tarqalish) - boyish (to'yinish) - qoloqlik - inqiroz - irradiatsiya (aldanish) - zamonaviylashtirish; boshqaruv tuzilmasi - boshqaruv harakatlarining 4 ta turining o'zaro aloqasi: rejalashtirish - tashkil etish - rahbarlik qilish - nazorat qilish; tashkiliy tuzilma - diagnostik, oldindan ko'ra bilish, sof tashkiliy, amaliy, umumlashtiruvchi, tadbiq etuvchi. O'qituvchining innovasion faoliyatining o'ziga xos xususiyatlari O'qituvchining innovasion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog'liq. Unga o'qituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan beg'araz munosabat, turli holatlarda rasional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o'qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv) ga ega bo'ladi. O'qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.98 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.98 KB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
28 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc