O'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo'lishi va tuzilmasi

O'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo'lishi va tuzilmasi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo'lishi va tuzilmasi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchining innovatsion faoliyati namoyon bo'lishi va tuzilmasi Reja: Iimovatsion faoliyat tushunchasi va uning mohiyati. Innovatsion faoliyatni tashkil etish zaruriyati va omillari. Innovatsion salohiyatni rivojlantirish mazmuni, tuzilishi va o'ziga xosliklari. Birinchi yondashuvda hayotga joriy etilgan qandaydir yangi g'oya yoritiladi. Ikkincbi yondashuvda alohida-alohida kiritilgan yangiliklarning o'zaro ta'siri, ularning birligi, raqobati va oqibat natijada birining o'rnini ikkinchisi egallashdir. Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi kontseptsiyasini farqlaydilar. Bu kontseptsiya yangilik kiritishga nisbatan o'lchanadigan jarayon ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi beriladi. U quyidagi bosqichlarai qamrab oladi: Yangi g'oya tug'ilishi yoki yangilik kontseptsiyasini paydo qilish bosqichi, и kashfiyot bosqichi deb ham yuritiladi, Ixtiro qilish, ya'ni yangilik yaratish bosqichi, Yaratilgan yangilikni amalda qo 'llay bilish bosqichi. Yangilikni yoyish, uni kengtadbiq etish bosqichi. 5.Muayycm sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik о 'zining yangiliginiyo'qotadi, uning samara beradigan muqobili pay do bo'ladi. Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanish doirasini qisqartirish bosqichi. V.A.Slastenin yangilik kiritishni maqsadga muvofiq yo'naltirilgan yangilik yaratish, keng yoyish va foydaianish jarayoni majmui, uning maqsadi insonlarning ehtiyoji va intilishlarini yangi vositalar bilan qondirish deb biladi. Yangilik kiritishning tizimli kontseptsiyasi mualliflari (A.I.Prigojin, B.V.Sazonov, V.S. Tolstoy) innovatsion jarayonlaming ikki muhim shaklini farqlaydilar. Birinchi shaklga yangilik kiritishni oddiy ishlab cliiqish kiritiladi. Bu ilk bor mahsulot o'zlashtirgan tashkilotlarga taalluqlidir. Ikkinchi shaklga yangilikni keng ko'lamda ishlab chiqish taalluqlidir. Yangilik kiritish ham ichki mantiq, ham vaqtga nisbatan qonuniy rivojlangan va uning atrof-muhitga o'zaro ta'sirini ifodalaydigan dinamik tizimdir. Pedagogik innovatsiyada yangi tushunchasi markaziy o'rin tutadi. Shuningdek, pedagogik fanda xususiy, shartli, mahalliy va sub'ektiv yangilikka qiziqish uyg'otadi. Xususiy yangilik V,A. Slasteninning aniqlashicha, joriy zamonaviylashtirishda muayyan tizim mahsuloti unsurlaridan birini yangilashni ko'zda tutadi. Murakkab va progressiv yangilanishga olib keluvchi ma'lum unsurlaming yig'indisi shartli yangilik hisoblanadi. Mahalliy yangilik konkret ob'ektda yangilikning foydalanishi bilan belgilanadi. Sub'ektiv yangilik ma'lum ob'ekt uchun ob'ektning o'zi yangi bo'lishi bilan belgilanadi. Ilmiy yo'nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari farqlanadi. Yangilik - bu vositadir: yangi metod, metodika, texnologiya va boshqalar. V.I. Zagvyazinskiy yangi tushunchasiga ta'rif berib, pedagogikadagi yangi bu faqatgina g'oya emas, balki hali foydalaniLmagan yondashuvlar, metodlar, texnologiyalardir, lekin bu pedagogik jarayonning unsurlari majmuan yoki alohida olingan unsurlari bo'lib, o'zgarib turavcbi sharoitda va vaziyatda ta'lim va tarbiya vazifalarini samarali hal etishning ilg'or boslilanmalarini o'zida aks ettiradi. R.N.Yusufbekova pedagogik yangilikka o'qitish va tarbiya berishda avval ma'lum bo'lmagan va avval qayd qilinmagan holat, natija, rivojlanib boravchi nazariya va amaliyotga eltuvehi pedagogik voqelikning o'zgarib turishi mumkin bo'lgan mazmuni sifatida qaraydi. Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi: Birinchi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.65 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.65 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga