O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi

O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi Reja: O'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkoliigi O'qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi O'qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy -tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan kommunikativ qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr vamulohazalar yuritilgan. O'qituvchi o'z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarga nisbatan mehr-muhabbati bo'lmasa, ular bilan qizg'in muloqot qila olish qobiliyati, ya'ni kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida pedagogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki, kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun o'qituvchining integral fanlar asoslarini va o'quv-tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqur bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko'nikma va malakalarini o'quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi. O'qituvchi va o'quvchilaming jonli muloqoti, ta'lim muassasalarida pedagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo'ladi. Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo'lgan muloqot, har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qator kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san'atkor va hokazo) u kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo'lgan oddiy omil emas, balki kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o'zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faoliyatning muvaffaqiyatini ta'minlovchi kategoriya sifatida mavjuddir. Ayniqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, o'qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamiyatli vosita sanalib, o'zaro ta'lim va tarbiyaviy ta'sir quroli sifatida namoyon bo'ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to'g'ri keladi. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o'zaro hamkorlik tizimida muloqot go'yo, shunchaki o'z-o'zicha sodir bo'ladi. Ma'lum bir maqsadga qaratilgan ta'lim-tarbiyaviy jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o'qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarim puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo'lishi talab qilinadi. Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko'rramiz. Aytaylik, do'stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko'rgan filmingiz to'g'risida, uning mazmun va g'oyasini bemalol so'zlayapsiz. Bu holda muloqotning turmushda ro'y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo'naltirilgan tizimi bilan ish ko'rgan bo'lasiz. Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditoriyada, minbarda turib, o'quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommunikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o'rniga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya'ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatm darhol his etasiz. Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, o'qituvchi va ta'lim-tarbiya jarayoni obyektlarining o'zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat mazmuni o'zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tarbiyaviy ta'sir o'tkazish sanaladi O'qituvchi bu jarayonni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga