O'qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati

O'qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati. Nutq texnikasi va notiqlik madaniyati Pedagogik texnika - bu tarbiyachining pedagogik jarayonda qo'llaydigan yo'l, usul va ko'nikmalari yig'indisidir. Pedagogik texnikada tarbiyachi - o'qituvchining tashqi qiyofasi ham muhim rol o'ynaydi. Tashqi qiyofasining pedagogik maqsadga muvofiqligi uning tashqi ko'rinishida, hissiyotlarni boshqara olishida, mimika va pantomimika o'z aksini topadi. Pedagogik texnikaga oid ko'nikmalar ikki guruhga bo'linadi: 1. O'qituvchining o'z xulqi va xatti -harakatlarini boshqarish, idora qila olish bilan bog'liq bo'lgan ko'nikmalar: -mimika va pantomimikadan unumli foydalanish, -emosiya va kayfiyatni boshqarish, -nutq texnikasi, -diqqat kuzatuvchanlik, -ijodiy xayollar 2. Bevosita shaxsga va jamoaga ta'sir etishda namoyon bo'ladi va ta'lim tarbiya jarayoning texnologik tomonini takomillashtirishga xizmat qiladi. -didaktik (o'qitish va tarbiyalash metodlarini muvaffaqiyatli qo'llay bilish), -tashkilotchilik, konstruktiv (bolani kelajakda qanday kishi bo'lib yetishishini oldindan ko'ra bilish va loyihalashtirish), -kommunikativ (bolalar bilan to'g'ri muloqot o'rnata olish, bir-birini tushunish) Pedagogik jarayonda mimika va pantomimika unumli va maqsadga muvofiq foydalana bilish pedagogik texnikaning eng muhim qismlarini tashkil etadi. Mimika - bu tarbiyachi-o'qituvchining o'z fikrlari, his - tuyg'ulari, kayfiyatini va yuz harakatlari, ifodalari orqali bildirish san'atdir. Pantomimika - bu gavda, qo'l va oyoq harakatlaridir. Ta'lim -tarbiya jarayonida bularning ham rolikattadir. Pedagogik texnika ko'p jihatdan nutq texnikasini egallash bilan bog'liqdir. Chunki nutq texnikasi ta'lim-tarbiya jarayonida ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Sababi bolalar informasiyalarni asosan nutq orqali qabul qiladilar. Shunday ekan pedagog nutq texnikasini mukammal egallagan bo'lishi lozim. Nutq texnikasi o'z ichiga quyidagilarni oladi: Diksiya Diksiya - bu so'zlar, bo'g'inlar va tovushlarni aniq, burro, ravshan talaffuz qilish demakdir. Diksiya nutq apparatining inteksiv ishlashiga bog'liq. Bunda lab, til, tish, qattiq va yumshoq tanglay, osilchoq tilcha, hiqildoq, jag'lar faol ishtirok etadi. Buning uchun ularni hamma vaqt mashq qildirib borish lozim. Hozirgi kunda artikulyasion apparatni ham takomillashtiruvchi maxsus mashqlar tizimi ishlab chiqilgan Ritmika Ritmika - bu so'zni aytilishining tezligi va davomiyligi bo'lib hisoblanadi. Nutqning tezligi pedagogning individual xususiyatiga, nutq mazmuni va muloqot sharoitiga bog'liqdir. Nutq eng tez bo'lganda bir daqiqada minutda 110-120 so'zni aytish mumkin. Inglizlarda bu raqam 120-150 ga tengdir. Tajribalar shuni ko'rsatadiki, V-VI sinfda o'qituvchi bir daqiqada 60, IX sinfda 75 tadan ortiq so'z ishlatmasligi lozim. Bolalar bog'chasida esa bu raqam 35-40 ni tashkil qilishi kerak. Pedagogik nutqning asosiy sifatlari: Sofligi To'g'riligi Aniqligi Mantiqiyligi Boyligi Takt so'zi so'zma - so'z «daxl» (prikosnovenie) degan ma'noni beradi. axloqiy toifa bo'lib, kishilararo munosabatlarni tartibga solishga yordam beradi. Xulq - atvordagi nazokatlik (taktga ega bo'lish) insonparvarlik bilan bog'lik eng og'ir, qarama- qarshi vaziyatlarda ham boshqa kishilarga bo'lgan xurmatini, e'tiborini saqlab qola bilishdir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 595.4 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 595.4 KB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga