O'qituvchining kasbiy faoliyatida pedagogik texnikaning ahamiyati Reja: Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari. O'qituvchining tashqi ifodasi (mimika va pantomimika) - pedagogik texnika sifatida, Pedagogik texnikani egallash usullari. O'qituvchining nutq madaniyati va unga qo'yiladigan asosiy talablar. Nutqiy faoliyatni oqilona tashkil etish yo'llari. Nutqiy faoliyat ko'nikma va malakalari: tovush, diapazon, tembr, diksiya, ritmika. Pedagogik texnikaning psixologik va fiziologik xususiyatlari. Pedagogik texnika - o'qituvchining nafaqat ta'lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy faoliyatida zarur boigan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik texnikaning muhira jihatlari - bu avvalo o'qituvchining mahoratini belgilovchi kasbiy ko'nikmalari hisoblanadi, ya'ni unin gsavodli va ifodali so'zlay olishi, o'z fikr-mulohazasini va bilimini tushunarli tilda ta'sirchan bayon qilishi, his-tuyg'usini jilovlay olishi, o'zining shaxsiy xususiyatlanga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo'lishi, aniq imo-ishora, ma'noli qarash, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so'zning cheksiz qudrati orqali o'quvchilar ongiga va tafakkuriga ta'sir o'tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo'lishi kabilardir. O'qituvchining pedagogik texnikasi qanday ko'nikma va malakalardan iborat ekanligi, pedagogik texnika vositasida o'qituvchi ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, o'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo olimlarining diqqatini o'ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi ikkita guruhga bo'lib o'rganiladi. Birinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxsiy axloqiy fazilatlari va xulqi bilan bog'liq bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida o'z-o'zini boshqarish malakalarida (refleksiya) namoyon bo'ladi: ta'lim-tarbiya jarayonida o'zxatti-harakatlarini boshqarishi, (mimika, pantomimika); ta'lim-tarbiya jarayonida o'z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo'ya ta'sirlarga berilmaslik; mukammal ijtimoiy perseptiv qobiliyatlarga (diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi; nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish, nutq tempi) bilishi va o'z o'rnida qo'llay olishi. Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh komponentlari o'qituvchining shaxs va jamoaga ta'sir ko'rsatish malakalari bilan bog'liq bo'lib, bu guruh ta'lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi: o'qituvchining didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari; ma'lum bir reja asosida o'z oldiga qo'yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi; ta'lim muassasasida va o'quvchilar jamoasida ta'lim-tarbiya bilan bog'liq bo'lgan ijodiy faoliyatni tashkil eta olishi; o'quvchilar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab boshqara olishi. O'qituvchining tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o'z harakatlarini boshqarishida aktyoriik san'atiga xos bo'lgan xususiyatlari, ya'ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol o'ynaydi. Aktyor bir obrazni ma'lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil ko'rinishda sahnada namoyish etsa, o'qiruvchi butun o'quv yili davomida, har bir darsda yangi mavzum o'tilgan mavzular bilan bog'lab, zamonaviy irmovatsion usullar vositasida o'quvchilar ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko'radi, sinf jamoasidagi o'ziga xos pedagogik va psixologik muhitni, har bir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini e'tiborga olib pedagogik faoliyat ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.28 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
27.28 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: doc