O'qituvchining muomala odobi

O'qituvchining muomala odobi

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchining muomala odobi - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchining muomala odobi Reja: 1. O'quvchilar bilan muomala odobi qoidalari 2. Pedagoglar jamoasida muomala odobi 3. Ota-onalar bilan muomala odobi 4. Maktab rahbarlari bilan muomala odobi O'zbekiston maktablarida ta'lim-tarbiya ishlari, pedagogik faoliyatning samaradorligi, ta'sirchanligi o'qituvchilar, ota-onalar jamoasi, oilada shakllangan axloqiy munosabatlarga, muomala odobiga bog'liq. Muallim ta'lim-tarbiya ishlari jarayonida o'quvchilar, kasbdoshlari, ota-onalar bilan muomalada bo'ladi. Barkamol shaxs sifatida shakllanayotgan o'quvchilar, kasb-doshlari, ota-onalar muallimning har bir harakati, barcha ishlarini inson sifatida kuzatib boradi, his etadi, axloqiy jihatdan baholaydi, qabul qiladi yoki rad etadi. Xullas, ta'lim-tarbiya ishlari-ning natijasi, o'qituvchi faoliyatining ta'sirchanligi pedagogik jarayonda sodir bo'ladigan muo-mala odobiga, pedagogik jarayon ishtirokchilarining axloqiy-ruhiy holati, kayfiyatiga bog'liqdir. Muomala odobi o'z tabiati, mohiyatiga ko'ra ijtimoiy hodisadir. Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo'ladi. Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma'naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o'rtasidagi muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Ijtimoiy munosabatlarning har biri o'ziga xos xususiyatga, mezonlarga ega. Bu xususiyat va mezonlar ijtimoiy faoliyatning sohasi, shaxslararo aloqalarning xarakteri bilan belgilanadi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo'lgan axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o'rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy manfaatlar orasidagi bog'lanishlarga asoslanadi. Muomala odobi bevosita baho beruvchanlik xususiyatiga ham ega. Axloqiy baho esa kishilarning xulqini, xatti-harakatlarini nazorat qiladi, tartibga soladi. Muomala-munosabatlar kishi o'z xulqi va faoliyatida axloqiy prinsiplar, qoidalar, talablar, an'analarga, urf-odatlarga qay darajada amal qilayotganiga qarab baholanadi. Pedagogik jarayonda sodir bo'ladigan muomalaodobida muallimning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida o'ziga, o'z kasbiga, o'quvchilarga, kasbdoshlariga, ota-onalariga muamolasini belgilovchi asosiy qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o'qituvchiga, ta'lim-tarbiya ishlariga nisbatan qo'yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o'qituvchining faoliyatida namoyon bo'ladi. O'qituvchilik faoliyatida qo'yiladigan axloqiy talablar, o'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy-an'anaviy, madaniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo'yayotgan vazifalariga bog'liq. Ular pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning xulqi, xatti-harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta'lim-tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul qilishlari shaklida namoyon bo'ladi. Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda subyekt-obyekt munosabatlari shaklida ifaodalanadi. subyekt-obyekt munosabatlari muallim o'zining professional burchini bajarayotganida o'quvchilar, kasbdoshlari, ota- onalar, jamoat tashkilotlarining vakillari bilan o'qituvchi o'rtasidagi aloqalarda vujudga keladi. U o'zaro hurmat darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik tashabbuskorlik, o'zaro g'amxo'rlik, har birlarining inson sifatida qadr-qimmatini e'zozlash kabilarda namoyon bo'ladi. Ular o'qituvchining pedagogik faoliyatida boshqalar bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat qiladi. O'zaro ta'sirlar o'quv ishida, turmushda, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.89 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 51.89 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga