O'qituvchining o'quv materialini og'zaki bayon etish metodikasi O'quvchilarga o'quv materialini bildirishning asosiy metodlaridan biri o'z ichiga : suzlab berish, tushuntirish, ma'ruzani og'zaki bayon etishdir. Bo'larning xammasida ta'lim berishning faqat bir vositasidan - o'qituvchi so'zidan foydalaniladi. Suzlab berish o'quv materialini hikoya tarzida bayon etishni kuzda tutadi. Bu metod o'quv materiali, asosan, tavsifi xarakterda bo'lib, mantiqiy izchilligi bilan farq qiladigan xollarda kullaniladi. Tushuntirish. O'quv materialini og'zaki bayon etishning kuzda tutadi. Tushuntirish jarayonida o'qituvchi solishtirish, taqqoslash, deduksiya, induksiya, asoslash, qonuniyatlar chiqarish va shu kabilardan foydalaniladi. Tushuntirish, asosan, xususiy va aniq ma'lumotlarni bildirishda kullaniladi. ma'ruza, suzlab berish va tushuntirishdan farqli ularok, ancha aniq tuzilgan bo'ladi. ma'ruzalar, odatda o'quv dasturining yirikrok, prinsipial muhit masalalari yuzasidan uqiladi. ma'ruzada o'quv materiali yaxlit va izchillik bilan bayon etiladi, o'zaro boglangan tushunchalar, qonuniyatlar sistemasi ochib beriladi, kursning turli mavzulari orasida ichki bog'lanishlar urnatiladi. ma'ruza suzlab berishga karaganda uzoq davom etadi va o'quvchilarning yozib borishini kuzda tutiladi. ma'ruzani eshitish suzlab berishni eshitishga karaganda qiyinrok, chunki kuprok diqqat etiborni talab etadi. Metodik usul nuqtai nazaridan olganda suzlab berish, tushuntirish hamda ma'ruza juda ko'p umumiylikka ega, shu sababli umuman og'zaki bayon metodikasini ko'rib chiqamiz va xar qaysi metodning o'ziga xos xususiyatlarini kayd etamiz. Og'zaki bayon etishga tayyorgarlik ko'rishda shuni nazarda tutish zarurki, o'quvchilar yangi materialni, odatda, u tegishli mantiqiy izchillikda qism - portsiyalab bayon etilgan takdirdagina ancha samarali uzlashtiradilar. O'quv materialining xar bir qismi nisbatan tugal mazmunga ega bo'lishi kerak. Bayonni rejalashtirishda materialni asosiy masalalar mumkin qadar kam bo'ladigan tarzda tuzishga harakat qilish zarur. Tajribadan malumki, o'quvchilar 2-3 ta asosiy fikrni oson, turt yoki beshta asosiy fikrni qiyinrok idrok etadilar, agar asosiy fikrlar 8-10 ta bo'lsa o'quvchilar ancha kiynaladi. Bayon etishda eng qiyini boshlang'ich qismdir, shuning uchun o'qituvchi uni juda puxta mashq qilishi zarur. Xamma vaqt malum va aniqrok materialdan boshlab, sekin asta yangi materialga utishi lozim. O'quvchilar ish tajribasida yangi fakt hodisa, qonuniyat va vokealarni tushuntirishni tuzishning ikki usuli: induktiv hamda diduktiv usullari kullaniladi. Induktiv usulda o'qituvchi xususiydan umumiyga, deduktiv ususlda esa, aksincha, umumiydan xususiyga boradi. Bir materialning o'zini kupincha ikki usul bilan berish mumkin. Deduktiv usulda bayon etishga vaqt ancha kam sarflanadi, ammo bu usulni qo'llash uchun o'quvchilarda dastlabki bilimlar va abstrakt fikrlash borasida malum tajriba bo'lishi zarur. Bayon etishning induktiv yoki deduktiv usulining qo'llanilishi urganiladigan materialning mazmuniga bog'liq. hikoya xarakteridagi materialni induktiv asoslashlar ko'p bo'lgan material kupincha deduktiv usulda bayon etiladi. Shuni takidlab utish zarurki, tushuntirishning induktiv va deduktiv usullari «sof» holda kam kullaniladi. Odatda, o'qituvchilar o'quv materialini bayon ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.01 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc