O'qituvchining o'quv tarbiya jarayonini boshqarishi Reja: Tarbiyaviy jarayonining umumiy tavsifi. Tarbiyaviy jarayonining maqsad va vazifalari Tarbiyaviy jarayoning o'ziga has xususiyatlari Tarbiya nazariyasi-pedagogika fanining bir qismi bo'lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o'rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqtai nazardan yondashish o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog'liq jarayon mazmunini ham qaytadan ko'rib chiqishni taqoza etmoqda. Tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o'z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi fanlar mag'lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo'limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta'lim nazariyasi hamda maktabshunoslik bilan uzviy bog'liq. Tarbiya-shaxsning muayyan maqsad asosida ijtimoiy hayotga tayyorlovchi, tarixiy ijtimoiy tajribaga suyangan holda olib boriluvchi faoliyat jarayonidir. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad, yo'lida har tomonlama voyaga yetkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo'lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Turli makon va zamonda tarbiya g'oyasi turlicha ifodalangan bo'lsada, ammo yo'naltiruvchanlik xususiyati hamda obyektiga ko'ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o'zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al hosil tarbiya bizlar uchun yo hayot yo mamot, yo najot-yo haloqat, yo saodat-yo faloqat masalasidur» [1]. Ushbu fiirlardan anglashiniladiki, shaxs tarbiyasi xususiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xulqniig taraqqiy qilinishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasga ko'p jihatdan bog'liq. O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo'lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarniig asosiy g'oyasi Respublikaning rivojlanishi va tarakqiyot yo'li deb etirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik - insonparvar va huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi usib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O'zbekiston Respublikasining «ta'lim to'g'risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O'zbekiston Resnublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlarida, chunonchi «Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotinini poydevori», «O'zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil Respublikada ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya-shaxsni maqsadga muvofik takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo'lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga-muntazam va tizimli ta'sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o'zaro bog'liq bo'lgan ikki faoliyatni o'qituvchi va o'quvchi faoliyatini o'z ichiga oladi. Tarbiya jarayoning o'quvchining ongi shakillana boradi. His-tuyg'ulari rivojlanadi ijtimoiy hayot uchun zarur bo'lgan va ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo'ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hasti va faoliyatini pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish g'oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta'sirlarga nisbagan malum munosabatda bo'ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.2 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.2 KB
Ko'rishlar soni
43 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc