O'qituvchining pedagogik faoliyati, mahorati, texnikasi, madaniyati va boshqaruv stili

O'qituvchining pedagogik faoliyati, mahorati, texnikasi, madaniyati va boshqaruv stili

O'quvchilarga / Pedagogika
O'qituvchining pedagogik faoliyati, mahorati, texnikasi, madaniyati va boshqaruv stili - rasmi

Material tavsifi

O'qituvchining pedagogik faoliyati, mahorati, texnikasi, madaniyati va boshqaruv stili Reja: O'qituvchining pedagogik faoliyati va mahorati. Pedagogning kasbiy imidji. Pedagog va talabaning o'zaro birgalikdagi harakat usullari. Mashg'ulot maqsadi: O'qituvchining pedagogik faoliyati, mahorati, texnikasi, madaniyati va boshqaruv stili, o'qituvchining kasbiy imidji, taqdimot qilish san'ati, auditoriyani boshqarish usullari va tinglovchilarni o'ziga jalb etish mahorati, o'qituvchi va talabaning o'zaro birgalikdagi harakat usullaridan o'quv jarayonida mohirona foydalanish ko'nikmalarini takomillashtirish. Mashg'ulotda qo'llaniladigan interfaol metodlar: Bumerang texnologiyasi Mashg'ulotning didaktik ta'minoti: - jihozlar va uskunalar: sinf taxtasi, magnitlar, tarqatma materiallar, marker va flomasterlar, o'quv qo'llanmalari va sh. k. - video-audio uskunalar: proyektor, tasviriy slaydlar va sh.k. - kompyuter va multimediali vositalar. BUMYeRANG TYeXNOLOGIYaSI Texnologiyaning tavsifi: Ushbu texnologiya tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so'zlab berish, fikrni erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko'p ma'lumotlarga ega bo'lish, hamda dars davomida o'qituvchi tomonidan barcha tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan. Texnologiyaning maqsadi: O'quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarni tinglovchilar tomonidan yakka va guruh holatida o'zlashtirib olishlari, bir-birlariga o'qilgan axborotlarni to'liq yetkazish hamda suhbat-munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada o'zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash, shuningdek, o'quv jarayoni mobaynida har bir tinglovchining o'z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish. Texnologiyaning qo'llanishi. Amaliy, seminar yoki laboratoriya mashg'ulotlari hamda suhbat-munozara shaklidagi darslarda yakka tartibda, kichik guruh va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin. Mashg'ulotni o'tkazish tartibi: Kichik guruhlar shakllantirish; Darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtirish; Kinolavha namoyishi shu kinolavha asosida mashg'ulot mavzusi va mazmunini keltirib chiqarilishi so'raladi. Mavzuga oid tarqatmalar har bir tinglovchiga tarqatiladi. Berilgan matnlar yakka tartibda o'rganiladi. Yangi guruhlar shakllantiriladi. Yangi guruh a'zolari o'rgangan matnlarini guruh a'zolariga tushuntirib beradilar. Tushuntirilgan matnlar mazmunini o'zlashtirish darajasi o'zaro nazorat orqali aniqlanadi. Birinchi shakllangan guruhga yig'iladilar, va guruhlar o'zlarining matnlaridan o'zlashtirishni aniqlashga yordam beruvchi savollar tuzadilar. Guruhlar o'rtasida savol-javob va muloqotga kirishiladi. Guruh faoliyati baholanadi. PYeDAGOGIK MAHORAT Pedagogik mahorat - yuqori va uzluksiz sayqallanib boradigan tarbiya va o'qitish san'ati (A.I.Sherbakov) Pedagogik mahorat - pedagogik faoliyatning yuqori darajasi bo'lib, u pedagogning belgilangan vaqt ichida optimal natijalarga erisha olishida namoyon bo'ladi. (N.V.Kuzmina, N.V.Kuxarev) Pedagogik mahorat - o'qituvchilar tomonidan pedagogik jarayon subyektlarining imkoniyatlari, qobiliyatlari va boshlang'ich tushunchalarini inobatga olgan holda milliy qadriyatlarimizni, hayotiy tajribalarni, fan va texnika sohasidagi yutuqlarimizni o'rgatishni ta'minlaydi hamda ularningqobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. PYeDAGOGIK MAHORAT Kasbiy ko'nikmalarning yuqori darajada rivojlanishi. Shaxsning kasbiy sifatlari, layoqat, qobiliyatlari majmui. san'at darajasidagi mahorat. Pedagogik mohirlik, san'at va bilimdonlik. (R.X.Jo'raev) PYeDAGOGIK QOBILIYaT Pedagogik qobiliyat - bu boshqaruv jarayonida rahbarlar va o'qituvchilar uchun eng ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.17 MB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga