20XX QIANTU O'qituvchining pedagogik mahorati va uning tarkibiy qismlari. Pedagogik texnika Pedagogak mahorat haqida tushuncha Pedagogika fani o'sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta'lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo'llarini o'rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko'nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o'rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Shuni unutmaslik kerakki, pedagogik mahoratga erishish uchun bo'lajak pedagoglar pedagogika va psixologiya fanini ham nazariy, ham amaliy jihatdan puxta o'rganish lozim. Ta'lim-tarbiyadan ko'zlangan maqsadni anglash va ular tizimida yangi bilimlar berish - bolalarni to'g'ri tarbiyalash shartidir. Bunda o'qituvchining beg'araz mehnati, bolalarni sevish va ularga jon fido aylashlari tarbiya samaradorligini ta'minlaydi. Ayniqsa pedagoglar ushbu fanni chuqur va puxta bilishlari shart. O'quv-tarbiya ishlari jarayonida eng yuksak natijalarga erishib, faoliyatining yuksak darajada baholanishini va hamma tomondan tan olinishini istamaydigan o'qituvchi topilmasa kerak. Bunga erishishni, ana shu xil orzuning ushalishini pedagogik mahorat deymiz. Xo'sh pedagogik mahorat nima? Uning mohiyati nimadan iborat? Unga qanday erishsa bo'ladi? Bu tushunchaning mohiyatini bir muncha to'laroq aniqroq ta'rifi «Pedagogik ensiklopediya»da berilgan, deyish mumkin. Bizningcha, boshqalarga nisbatan bu ta'rif pedagogik mahorat mazmunini va mohiyatini bir muncha to'g'ri yoritadi: «Tarbiya berish va o'qitishda yuqori darajaga erishish va uni doimo takomillashtirib borish imkoniyatini ta'minlovchi san'at bo'lib, bolaga mehr qo'ygan va o'z kasbini sevgan har bir o'qituvchining qiladigan ishi». O'z ishining mohir ustasi bo'lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o'z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san'atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o'qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». 1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi, bilimdonlik va aql-zakovatning yuksak ko'rsatkichi; 2. O'qitayotgan faniga doir keng va chuqur bilim sohibi; 3. Pedagogika, umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kabi fanlar sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ularda o'qitish va tarbiyalash ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish; 4. O'quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganlik. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy qismlari. Pedagogik mahorat egasi kam kuch (mehnat) sarf qilib katta natijaga erishadi. Ijodkorlik uning hamisha hamkori bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishidagina pedagogik mahorat bo'lishi mumkin. O'qituvchi avvalo pedagogik jarayonning qonuniyatlari va mexanizmlarini yaxshi egallagan bo'lishi lozim. Shu ma'noda pedagogning umumlashgan malakalari, uning pedagogik texnikasi katta ahamiyatga molik bo'ladi. Mahorat - bu alohida qudrat. Haqiqiy usta mehnat faoliyati chog'idagina go'zal bo'lganidek, mohir - tajribali o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil etishda, olib borishdagi mahorati, pedagogik ishga qobiliyatliligi bilan jamoasi orasida obro' ortiradi va pedagoglik faoliyatini go'zallashtiradi. Pedagogik mahoratga etishish o'qituvchining muayyan shaxsiy sifatlari bilan amalga oshadi. Pedagogik mahoratning mazmunida ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.83 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.83 MB
Ko'rishlar soni
59 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: pptx