Reja; O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini Pedagogik muloqot madaniyati. O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. SHu boisdan hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo'lg'usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta'kidlanadi. Respublikamizda o'qituvchilik kasbining o'ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo'llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan. Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan o'qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta'kidlab o'tish lozim. Bu o'rinda o'qituvchi quyidagi vaziyatlarni e'tiborga olishni alohida ta'kidlash lozim: - o'qituvchining ilk tarbiyaviy faoliyatidan boshlab muloqot madaniyatiga rioya qilishi, bu jarayonda o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi bilan har kungi muomalani vaziyatga qarab rejalashtirishi, har bir harakat so'z ohangiga e'tibor, an'anaviy muloqotning eng yaxshi xususiyatlarini o'zlashtirishi; - muloqot asosida sinf jamoasidagi turli vaziyatlarni qayd etish, o'quvchilar xatti-harakatining oldingi holati bilan, tarbiyaviy faoliyatdan keyingi holatini qiyoslab chiqib baho berish; - o'z muloqot uslubi natijalarini tanqidiy nuqtai nazardan tahlil qilib, kamchiliklarni uzluksiz bartaraf etib borish. . Zarur so'z, ovozdagi yoqimli ohang, xulq-atvorni vujudga keltirish;- pedagogik muloqot madaniyatining samarali kechishi uchun uning shart-sharoitlarini bilib olishning o'zi kifoya qilmaydi, o'quvchilar bilan o'zaro muomalaning ustoz-shogird an'analariga xos boshlanishi va o'zaro fikr almashish asosida muhim vazifalarni hal qilish bilan muomala obyektining diqqatini o'ziga jalb qilish; - muloqot obyekti, ya'ni o'quvchining diqqatini o'ziga jalb qilish deganda nimani anglash kerak? Buning ma'nosi o'qituvchi o'zining xushmuomalaligi, madaniyati, go'zal xulqi, muloqotda o'quvchilar qalbiga yo'l topa olishi bilan o'z mahoratini namoyish qilib, muloqot madaniyatining tashkiliy shakllariga ijtimoiy-psixologik negizni asos qilib olishidi Har qanday tajribali o'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonida o'ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi. O'quvchilar jamoasida sodir bo'ladigan har qanday pedagogik vaziyatga javobgar shaxs o'qituvchidir. Bu barcha davrlar pedagogik faoliyatida namoyon bo'ladigan tipik hodisa. Ayniqsa, ushbu holat endigina o'z faoliyatini boshlagan yosh o'qituvchilarning pedagogik faoliyatida muammoli vaziyatlarni paydo qiladi. YOsh o'qituvchilarning o'quvchilar bilan olib boradigan ta'lim-tarbiyaviy faoliyatini doimiy nazorat qilish, ularga to'g'ri yo'nalish berish, barcha o'quv muassasalari pedagogik jamoatchiligiga, ustoz o'qituvchilar zimmasiga yuklatilishi lozim. Pedagogik faoliyatda xato va kamchiliklarga yo'l qo'yadigan o'qituvchining yoshiga va ish tajribasi ko'lamiga odatda o'quvchilar hech qachon e'tibor bermaydilar. CHunki, o'quvchilar yoshidan va tajribasidan qat'iy nazar barcha o'qituvchilarni ustoz deb ataydilar. O'zbekistonda ta'lim-tarbiya va pedagogik muloqotning o'ziga xos an'analari, milliyligimizga mos shakl va metodlari mavjud. Biz hammamiz dunyoni, hodisalarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
181.77 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
181.77 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: pptx