O'qituvchining ta'lim jarayonidagi mahorati Reja: 1. O'qituvchining dars davomidagi mehnati va uni tashkil etishning asosiy yo'nalishlari. 2. O'quvchilarning bilim anglash faoliyatini boshqarishda o'qituvchining mahorati, 3. Tarbiyachining mahorati. Tayanch tushunchalar: Ta'lim shakllari va usullarini tanlash, darsga tayyorgarlik bosqichlari, xatolarni o'rganish, tuzatish. O'qituvchi o'quvchilarga nisbatan muayyan holatda tursagina (bu holat ularning yoshiga qarab turlicha bo'ladi) pedagogik ta'sir ko'rsatishni muvaffaqiyatli amalga oshira oladi. Mazkur holat o'quvchilar bilan muomala sohasida o'qituvchining asosiy yo'l-yo'rig'idan iborat bo'lib, u o'quvchilarning psixologik yosh xususiyatlariga monand bo'ladi. Tarbiyaning mavjud tajribasini tahlil qilib, tajriba sinov ishi o'quvchilarning yoshiga muvofiq ravishda o'qituvchi holati (tutgan yo'li) ning o'zgarish mezonini aniqlashga imkon beradi. Bu o'quvchilar jamoasiga nisbatan tashqi holatdan ma'lum darajada ichki holatga o'tish, o'quvchilarga bevosita ta'sir ko'rsatishning kamayishi va bevosita ta'sirning ortishi jamoani boshqarish organlariga berish, har bir bola shaxsining ichki olamiga ko'p ta'sir etishga o'tishdir. Turli yoshdagi o'quvchilarning muomalasiga ta'sir ko'rsatish subyekti bo'lgan o'qituvchi tutgan yo'l va mahoratining umumlashtirilgan tavsifini quyidagicha tasavvur qilishi mumkin: quyi sinflarda o'qituvchi tashkilotchi bo'lib maydonga chiqadi. V. Dalning lug'atiga qaraganda - tuzuvchi-ta'sis etuvchi (tashkil etish-yo'lga qo'yish, qat'iy asoslash degan so'zdan) ma'noni bildiradi. Pedagogning kichik yoshdagi o'quvchilar hayotiga -ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni uni tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Kichik yoshdagi o'quvchilar jamoalarida talabchan va quvnoq tarbiyachi bo'la oladigan, bolalarning faol ijodkorlik bilan to'la hayotini tashkil etib, ular orasida o'zaro xayrihoxlik, g'amxo'rlik vaziyatini, zavqli vaziyatni vujudsa keltira oladigai tarbiyachilar katta obro'-e'tibor qozonadilar. Bolalar katta yoshdagi bunday kishilarni o'z do'stlari deb qabul qilshiga moyildirlar. Bunday munosabat eng yaxshi munosabatdir, chunki u katta yoshdagi kishiga tashkiliy vazifalarnin hal etilishini osonlashtiradi, tarbiya vazifalarini mohirlik bilan samarali hal etishga yordam beradi. O'smirlar o'qiydigan sinflarda o'qituvchining holati rahbar degan so'z bilan ifodalanishi mumkin. V. Dal bu so'zni quyidagicha, ya'ni ko'rsatuvchi, murabbiy, ishboshi, boshlovchi deb ta'riflaydi. Pedagoglarning o'smirlarga ta'sir ko'rsatishining asosiy mazmuni ularning faoliyatiga rahbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi, bu faoliyat o'z-o'zini tashkil qilishning ko'proq ulushii o'ziga qamrab oladi, bu esa o'qituvchining ta'lim tarbiya jarayoning rahbari sifatida, o'quvchilarga quyidagi talablar mazmuinini ochib beradi. O'smirlar pedagogik talablarni ongli va sidqidildan bajarishlari uchun talab mavzuiga nisbatan o'qituvchi va o'quvchining bir xil yo'l tutishi zarurdir, u bilish nuqtai nazaridan qiziqarli bo'lishi yoki amaliy jihatdan foydali bo'lishi zarur, yoxud hissiyotlarni engillashtirish va xoka'zolar uchun kerak, boshqacha so'zlar bilan aytganda, jamoa faoliyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks holda talab samarasiz bo'lib qoladi. Katta yoshdagi o'smirlarga nisbatan o'qituvchi homiy yoki tarbiyachi holatida turadi bu so'zlar V. Dal lug'atida «homiylik qiluvchi, g'amxo'r, serharakat» sifatida ta'riflanadi. Bunday holat shuni taqozo qiladiki o'qituvchi faoliyatining ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
221.83 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
221.83 KB
Ko'rishlar soni
61 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc