O'qituvhi-o'qituvchi tizimidagi munosabatlar axloqi O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O'zbekiston Respublikasining Ta'lim to'g'risidagi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo'lg'usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta'kidlanadi. Respublikamizda o'qituvchilik kasbining o'ziga xos etnopsixologik fazilatlari, xislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo'llari, shaxslararo muloqot madaniyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan. Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish ko'p jihatdan o'qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta'kidlab o'tish lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to'g'ri tanlangan, o'qituvchining ma'naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi: birinchidan, muloqotda har bir o'quvchiga alohida e'tibor va dilkashlik, sinf jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o'qituvchining erkin pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal qiladi; Umuman olganda, muloqot madaniyatini takomillashtirish umuminsoniy ehtiyoj sifatida o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Atoqli adib B.Shou so'zlari bilan aytganda: «Biz hozir havoda qush kabi uchishni, suvda baliq kabi suzishni o'rganib olgan bo'lsakda, bizga bir narsa - insonlardek yashashni o'rganib olish yetishmaydi». Artur Konon Doyl asarining qahramoni, mashhur izquvar Sherlok Xolms ta'kidlaganidek: «Har bir inson o'z xususiyatiga ko'ra hal etilmaydigan jumboq»dir [5]. Kishilar xulqi, fe'l atvori bilan bir-birlaridan farq qiladilar, ammo ular orasidagi o'xshashlik ma'lum darajada saqlanib qoladi. Demak, odamzodning tashqi turqi tarovatigina, balki ichki olami, maslagi, insoniy qiyofasi, hozirgi ko'rinishi uzoq tarixiy kamolot natijasidir. Bu kamolot zamirida esa kishilar o'rtasidagi muloqot hamda muomala madaniyati turganligi sir emas. Shu sababli o'qituvchining muloqot madaniyatida ham oqilona ehtiyojni anglab olish muhim vazifadir. ikkinchidan, har bir o'quvchi bilan o'zaro munosabatni erkin muloqot asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga kirib borishga yo'l ochadi; uchinchidan, pedagogik muloqotda o'qituvchining ma'naviy-axloqiy normalari muvaffaqiyatlar kaliti bo'lib, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshiradi, muloqotning barcha bosqichlarida o'qituvchining o'z faoliyatidan qoniqish hissini xotirjamligini ta'minlaydi. O'qituvchining o'quvchilar bilan muloqot madaniyati individual uslublarini shakllantirish metodikasi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi: 1. O'quvchilar bilan muloqot qilish madaniyatining individual shaxsiy xususiyatlarini o'rganishi. O'quvchilar shaxsiy xususiyatlarini mustaqil tahlil qilish, har tomonlama tavsif berish, o'qituvchining muloqotni to'g'ri tashkil etishi asosida amalga oshadi. 2. Shaxsiy muloqotda ro'y beradigan kamchiliklarni aniqlash va darhol ularga barham berish choralarini izlab topish: muloqotda qo'pollik, mensimaslik va boshqa salbiy holatlarni engish. 3. O'qituvchi o'zi uchun muloqot madaniyatining qulay bo'lgan uslublarini ishlab ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
158.2 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:32
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
158.2 KB
Ko'rishlar soni
41 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:32 ]
Arxiv ichida: pptx