Reja: Ijod va fan tushunchasi. Ilmiy - tadqiqot usullari va bosqichlari. Ilmiy yo'nalish, muammolar va mavzular. Bilish jarayoni murakkab kirrali jarayondir. Insondan uzining qobiliyati, izlanuvchanligi, maishiy tafakkurining xususiyati bilan hodisalarni kuzatish, uning mohiyatini ochishda, uzining maqsadlari yo'lida foydalanishda doimo xar bir narsa va hodisaga ijodiy yondoshish talab kilinadi. Ijod - bu insoning fan, texnika, madaniyat va boshqa sohalarda yangilik yaratish, kashf etish faoliyatidir. Bunda inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasi faol ishtirok etadi va u butun bilimi tajribasi istedodiga tayanadi. Farobiy tabiricha ijod qilish jarayoni shunday ulug fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa xamma fazilatlarini ishga solishi kerak. Ijod dastlab inson tasavvurida tugiladi, keyin unga nisbattan izlanishlar olib borilishi, yani bu jarayon bo'yicha boshqalar tomonidan yaratilgan bilimlar tadqiqot ravishda urganiladi, tahlil etiladi, kuzatishlar, hisoblashlar olib boriladi, xulosalar chikariladi va u tajribada, amaliyotda sinaladi. Olingan natijalar turli shakllarda jamiyatga takdim kilinadi. Shu asnoda fanni, texnikani, madaniyatni, bilimni rivojlantiradi. Fan - bizni urab turgan dune to'g'risida obyektiv bilimlarni ishlab chiqish bo'yicha inson faoliyatining alohida sohasi hisoblanib, ijodni taminlovchi, muntazam rivojlanib boruvchi bilimlar tizimini o'z ichiga oladi. Fanning asosiy vazifasi insonning moddiy va ma'naviy boyliklarni olish uchun atrof muhitga ta'sir etish faoliyatida borliq haqidagi obyektiv bilimlarni ishlab chiqish va nazariy tomonidan sistemalashtirishdir. Ilmiy bilimni umumlashtirish va sistemalashtirishning asosiy shakli bo'lib ta'rif hisoblanadi. U mavjud obyektlar, jarayonlar va hodisalarni umumlashtirib idroklashga, shuningdek yangiliklarni oldindan aytib berishga imkon beruvchi tadqiqotlarning ilmiy tamoyillari, qonunlari va usullarini ifodalaydi. Ilmiy bilim tizimida ilmiy qonunlar muhim tarkibiy kism bo'lib hisoblanadi bular tabiat jamiat va tafakkurdagi eng ahamiyatli barqaror takrorlanuvchi obyektiv ichki bog'liqlikni aks ettiradi. Odatda ilmiy qonunlar umumiy tushunchalar kategoriyalar jumlasiga kiradi. Olimlar ilmiy natijaga erishish vositasi sifatidagi faktik materiallarga etarlicha ega bo'lmagan xollarda farazdan foydalanadilar. Faraz ilmiy taxmin bo'lib tajribada ilmiy tekshirishni talab etadi va nazariy jihatdan ishonchli ilmiy nazariya bo'lishi uchun moslanishi lozim. Fan masalalarni xal qilish omili bo'lib, nazariyalar ishlab chiqish, borliq obyektiv qonunlarini ochish, ilmiy faktlarni aniqlash va xoka'zolar hisoblanadi. Bular ilmiy bilimning umumiy usullaridir. Umumiy usullar uch guruhga bulinadi: A. Empirik tadqiqot usuli (kuzatish, kiyoslash, o'lchash, tajriba); B. Nazariy tadqiqot usullari (mavxumdan aniklikka tomon borish va boshqalar); V. Empirik va nazariy tadqiqot usuli (tahlil va sintezlash, induksiya va deduksiya, modellashtirish, abstraktlash va boshqalar). Fan sohasi tuxtovsiz rivojlanayotgan bilimlar insonlar va muassasalarning ana shu ijodiyotni taminlovchi ilmiy ijodlarini o'z ichiga oladi. Ilmiy bilimlarni umumlashtirish va sistemalashitirishning oliy shakli nazariya hisoblanadi. U ilmiy tamoyillar va qonunlar, tadqiqot usullarini ifoda etadi. Ilmiy - tadqiqotlar qanday maqsadlarga qaratilganligi ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.01 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
18.01 KB
Ko'rishlar soni
40 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc