O'quv - tarbiya jarayonini bashqarishda o'qituvchining mahorati REJA: O'qituvchining darsdagi pedagogik mahorati. O'quvchilarning bilish faoliyatini boshqarishda o'qituvchining pedagogik mahorati. O'qituvchining pedagogik mehnat mahorati. O'QITUVCHINING DARSDAGI PEDAGOGIK MAHORATI. Inson mehnat faoliyatining turi ko'p bo'lib, ulardan biri sharafli va faxrli o'qituvchilik kasbidir. O'qituvchi yosh avlodga ta'lim - tarbiya berish ishlari bilan shug'ullanuvchi shaxsdir. Shuning uchun ham o'qituvchilik kasbi jamiyatimizda juda muhim rol uynaydi. O'quvchilarga ta'sir etishda o'qituvchining tarbiyaviy ta'siridan kuchlirok vosita yuk. Chunki o'qituvchi hamma vaqt bolalar bilan birga bo'ladi, ularga qalb - ko'ri bilan bilimini bagishlaydi. O'qituvchi yosh avlodga ta'lim beruvchi, hozirgi zamon talabi nuqtai nazaridan ilg'or, ishbilarmon grajdanlarga xos bo'lgan axloqiy sifatlarni tarkib toptiruvchi shaxsdir. U o'quvchilarning sinf va sinfdan tashqaridagi faoliyatini uyushtiradi. U o'zi bolaga ibrat - namuna bula olishi bilan ham diqqatga sazovordir. Buyuk mutafakkirlarimiz o'tmishda ham o'qituvchining mehnatiga yuksak baho berib, u juda katta faxrli va olijanob vazifani bajaradi, deb hisoblaganlar. Ulug shoir Alisher Navoiy madrasa muallimlari to'g'risida gapirib, ular har tomonlama kamol topgan kishilar bo'lishini orzu qilgan, o'qituvchilikni u olijanob va faxrli kasb deb hisoblagan. O'qituvchi mehnatining kadr - kimmati haqida quyidagi satrlarni yozgan: Xak yo'lida kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamok oson emas xakkin ado ming ganj ila. O'qituvchi pedagogik mahoratli, har tomonlama bilimli bo'lishi kerak, chunki unga o'quvchilar har sohada murojaat qilishlari mumkin. Har tomonlama bilimli o'qituvchi har qanday savolga ham javob topa oladi. O'qituvchining mahorati -- bu pedagogik kasbning asosiy ko'rinishidir. Dars jarayonida o'quvchilar bilan bo'lgan muomalada o'qituvchining mahorati ko'zga tashlanadi. Bu o'quvchilarni o'z faniga qiziqtira olishi, ularni mustaqil fikrlashga va vazifalarini mustaqil bajarishga o'rgatishi bilan bevosita bog'liq. hayot har bir kasb kishisidan o'z ixtisosi sohasida shuxrat kozonishni, izlanish, ijodiy mehnat qilishni talab etadi. hayotning bu yuksak talabini sezgan va shunga amal qilgan o'qituvchigina bolalarni o'qitish va tarbiyalashdek ulug va mas'uliyatli vazifani bajara oladi. Biz buni mahoratli o'qituvchi, 40 yillar boshlang'ich sinf bolalar kitobining muallifi ( Alifbe ) Okilxon aka Sharafiddinov misolida ko'rishimiz mumkin. U o'qituvchilik kila boshlagan yillarida darslik, qo'llanma, kitob, ko'rgazmali ko'rol va bashqa qo'llanmalar juda oz edi. Shunga qaramay yosh pedagog darslarga puxta tayyorgarlik ko'rar va uni mazmunli utishga harakat qilar edi. Lekin utilayotgan darslardan o'zi nechundir konikmas, unga nimadir yetishmayotgandek bular edi. O'ziga - o'zi : Qiziq, mana dars berayotganimga ham ancha yil bo'lib koldi. Nima uchun dars yengil kuchmayapti? Nega o'quvchilar darsga yetarli diqqat kilmayaptilar?,- degan savollar berib, bu xakda jiddiy uylardi. O'z ishini tanqidiy tahlil qilib chikardi. O'z davridagi tajribali pedagoglar bilan ko'p suhbatlashdi. Nixoyat, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.07 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.07 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc