O'quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli

O'quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli - rasmi

Material tavsifi

O'quv darslarining turlari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli Reja: ma'ruza darslari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli. Laboratoriya va amaliy darslar. Mutaxassislar shakllanishida bitiruv malakaviy va kurs ishlarining ahamiyati. Pedagogik texnologiyalar va ularning talabalar bilimini oshirishdagi ahamiyati. Talabalar bilimini baholashning reyting tizimi. 1. ma'ruza darslari va ularning mutaxassislar tayyorlashdagi roli Oliy o'quv yurtlarida o'quvchilarga o'quv va ilmiy-texnik axborotlarni etkazishning bir necha xil usullaridan foydalaniladi. Shularning eng asosiy shakllaridan biri ma'ruzalar hisoblanadi. Vaqt nuqtai nazaridan olganda va ta'sir kuchi bo'yicha ma'ruza usuli o'rin almashtirmaydigan usullardan biri hisoblanadi. ma'ruza bu- o'qituvchi tomonidan o'quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy va boshqa materiallarni sistematik va ketma-ketlikda og'zaki bayon etishdan iboratdir. U boshqa darslarning ham asosiy mazmunini ifodalaydi. Yaxshi o'qilgan ma'ruza darsi talabaning bilimga intilishini yuksaltiradi va bu bilimlarni egallashda faolligini oshiradi. ma'ruza malum fan sohasida uning nazariy va amaliy yo'nalishlari bilan tanishtiradi, talabalarning mutaqil ish yo'nalishlarini belgilaydi, ilmiy ijod qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi, ilmiy muammolarga munosabatini shaqlantiradi. ma'ruza o'z fikrini, ilmiy muammo bo'yicha tavsiyalarini aniq bayon etishni, darslik, ilmiy-texnik va ma'lumotnoma adabiyotlari asosida ishlashni o'rgatadi va shu asosda bo'lg'usi mutaxasislarning ishlarga ijodiy yondashishiga asos yaratiladi. ma'ruza hamma o'tiladigan fanlardan o'qiladi. ma'ruza o'z maqsadiga erishishni va qo'yilgan vazifani bajarish uchun yuqori malakali mutaxassislar-professorlar yoki dotsentlar tomonidan o'qiladi. Shu sababli ma'ruza faqatgina darslik yoki o'quv qo'llanmadagi materiallarni bayon qilish emas, balki o'qituvchining shaxsiy ijod mahsuli hisoblanadi. O'qituvchi ma'ruzaga ertan ma'ruza o'qiyman degan kuni emas, balki o'zining butun faoliyati davomida tayyorlanib boradi. Shu sababli ma'ruza o'qituvchining malakaviy darajasini va o'qituvchining pedagogik mahoratini o'zida aks ettiradi. ma'ruzada ma'ruzachi faqat fanning fundamentini bayon etib qolmasdan, balki o'zining ilmiy g'oyasini o'rganilayotgan obyektga o'zining munosabatini ham bayon etadi. Agar talaba ma'ruzaga qatnashmasdan, ma'ruzachining jonli chiqishini ko'rmasdan turib, materiallarni darslik va o'quv qo'llanmalardan o'qib olaman deb fikr yuritsa, albatta bundan talaba juda katta xatoga yo'l qo'ygan bo'ladi. Yaxshi ma'ruza - bu auditoriyada ma'ruzachi va talabaning birgalikdagi ijodiy ishi mahsuli hisoblanadi. ma'ruzani eshitish uchun talaba tayyor holda kelishi kerak. Agar u kasal, charchagan, yaxshi uxlamagan, o'z vaqtida nonushta qilmagan holda kelsa, u holda bunday talabani ma'ruzada «qatnashmagan» deb hisoblash mumkin. Chunki, u dars jarayonida hech narsani o'zlashtirib olmaydi. Umuman olganda talaba ma'ruzani eshitish va o'zlashtirishga psixologik jihatdan tayyor bo'lishi kerak. Uning miyasi begona fikrlardan butunlay xoli bo'lishi kerak. Uning butun etibori ma'ruzaga qaratilgan bo'lishi kerak. Auditoriyadagi hamma talabalar o'qituvchini kutib olishga va ma'ruzani eshitishga tayyor bo'lishlari kerak. Buni quyidagicha tushunish kerak: ma'ruzachi kelguncha talaba auditoriyadagi o'z joyini egallashi, daftar, ruchka, qalamini tayyorlashi kerak. ma'ruzada har qanday qoidadan chetlanishlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.21 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.21 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga