O'quv faoliyatini boshqarish. Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari

O'quv faoliyatini boshqarish. Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv faoliyatini boshqarish. Shaxs shakllanishining umumiy psixologik qonuniyatlari - rasmi

Material tavsifi

O'QUV FAOLIYATINI BOSHQARISH. SHAXS SHAKLLANISHINING UMUMIY PSIXOLOGIK QONUNIYATLARI REJA: Yangi pedagogik va didaktik texnologiyalarni joriy etishning psixologik xususiyatlari haqida tushuncha Faol o'qitish metodlari va ularning klassifikastiyasi haqida tushuncha. Zamonaviy pedagogdan talab qilinadigan fazilatlar, pedagogik qobiliyatlar haqida tushuncha. O'quv faoliyatini rejalashtirish, o'z-o'zini boshqarish tushunchalari, mexanizmlari, o'z-o'ziga buyruq berish, o'z-o'ziga ta'sir, o'z-o'ziga gipnoz va autogen trenirovka haqida tushuncha haqida tushuncha. Shaxsning rivojlanishi va kamolotida biologik va ijtimoiy komponentlarning roli haqida tushuncha? Odamning psixik rivojlanishi va shaxs kamolotidagi harakatlantiruvchi kuchlar haqida tushuncha? Shaxsdagi tug'ma, orttirilgan sifatlar va ularning ijtimoiy muhitga bog'liq sifatlar bilan bog'liqligi haqida tushuncha? Insoniy muomala va muloqotning psixologik vositalari va shart-sharoitlari haqida tushuncha? MA'RUZANI O'TKAZISH UCHUN ZARUR VOSITALAR, METODLAR. Kompyuter, audio-magnitafon, test, anketa savolnoma, kuzatish, psixolgik drama o'yin va mashqlar. Maktabdagi ta'lim jarayonida o'quvchilar faqatgina fan asoslarini egallab qolmasdan balki, xilma-xil ko'nikma va malakalarni ham hosil qiladilar. Ko'nikma bu - usul va yo'llarni tadbiq qilgan holda biror harakatni yoki murakkab faoliyatni muvaffaqiyatli bajarishdir. Malaka mustahkamlangan. Shu usullari va yo'llaridir. Ko'nikma va malakalar mashqlar yordamida hosil qilinadi. Ko'nikma va malakalar hosil bo'lishi uchun mashqlar oldiga quyidagi talablar qo'yiladi. Mashqning maqsadini qanday natijalarga erishish kerakligini bilish zarur. Bajarishning aniqligini, natijalarini kuzatish, namuna bilan taqqoslash. Yutuq va kamchiliklarni aniqlab borish lozim. Mashqlar soni o'quvchilarning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilishi shart. Mashqlar bir xildagi harakatlarning tasodifiy yig'indisidan iborat bo'lmay, ular asta-sekin murakkablashib borishi zarur. Mashqlar orasida uzilish bo'lmasligi kerak. O'quv faoliyati o'ziga xos faoliyat turlaridan biri bo'lib, uning mohiyatini, ilmiy bilimlarni o'zlashtirishni tashkil etadi. O'qishning maqsadi faqatgina bilimlarni egallash emas, balki o'quvchi shaxsining qayta qurilishi va boyib borilishidir. O'quv faoliyati murakkab tuzilishga ega bo'lib, ular bir necha tarkibiy qismlardan tashkil topgan. O'quv vazifalari. O'quv harakatlari. O'z-o'zini nazorat qilish va baholash harakatlari. O'qish faoliyatining motivlari. Tashqi motivlar. Ichki motivlar. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar. Tashqi motivlarga, jazo va rag'batlantirish. Guruhning bosimi, talab va qo'rqitish, kelgusidagi yaxshi niyatlar kiradi. Ichki motivlarga, bilimlarga bo'lgan qiziqish, madaniy darajani oshirishga bo'lgan intilish. Insonning ustanovkalari, e'tiqod va dunyoqarashlari misol bo'la oladi. TA'LIMNING MUVAFFAQIYATLI BO'LISHINI TA'MINLOVCHI OMILLAR: O'quv materiallarining mazmuni; O'quv materialining formasi; O'quv materialining murakkabligi; O'quv materialining ahamiyati va uning muhimligi; O'quv materialining anglanganligi; O'quv materialining tzilishi; O'quv materialining ko'p yoki kamligi; O'quv materialining emostionalligi. Ko'nikma turli yo'llar bilan hosil qilinadi. Ba'zi ko'nikma taqlid qilish yo'li bilan, ba'zi ko'nikma harakatlarni sinab ko'rish, ko'p takrorlash, boshqa bir ko'nikma so'z (o'qituvchining nutqi) yoki xat (kitob, instrukstiyalar) orqali, ko'nikmalarning mohiyatini qayta-qayta tushuntirish yo'li bilan hosil qilinadi. O'quvchilarda ko'nikma konkret harakatlar bilan bog'langan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 32 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:33 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 22.62 KB
Ko'rishlar soni 32 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga