O'quv faoliyatini tashkil etish

O'quv faoliyatini tashkil etish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv faoliyatini tashkil etish - rasmi

Material tavsifi

Fan: Maktabgacha pedagogika Mavzu: O'quv faoliyatini tashkil etish REJA: 1. Maktabgacha ta'lim tashkilotida pedagogik jarayonni tashkil etish; 2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalar hayotini tashkil etish; 3. Bolalar faoliyatida ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga oshirish va rahbarlik qilish; 4. Kunning birinchi va ikkinchi yarmida bolalar hayotini tashkil etish. Ta'lim-tarbiya ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish MTTdagi pedagogik jarayonni, har bir faoliyat turini to'g'ri tashkil etishga bog'liq. MTT ning pedagogik jarayonida ta'lim muhim ahamiyat kasb etadi va u kundalik hayotda, o'yinda, mehnatda, mashg'ulotlar orqali amalga oshiriladi. Faoliyat turlari O'YIN MEHNAT TA'LIM IJOD Mashg'ulotlarda ta'lim berish didaktika prinsiplari asosida bolalarning yosh va o'ziga xos xususiyatlarini e'tiborga olib ma'lum izchillikda olib boriladi, mazmuni sekin-asta murakkablashtirib boriladi. Natijada u rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi xususiyatga ega bo'ladi Mashg'ulotlarni tashkil qilishda quyidagi faoliyat yo'nalishlarini sog'lom rivojlantirishga e'tibor berish kerak: Badiiy texnik-hunar Gigiyena Bilish Jismoniy kamolot Ijtimoiy jamoa Bolalar faoliyati yo'nalishlari: Mashg'ulotlar jadvalini tuzishda quyidagi talablarga rioya qilish kerak: Dasturning hamma bo'limlari bo'yicha mashg'ulotlarni haftaga teng taqsimlash. Haftaning birinchi va oxirgi kuniga osonroq mashg'ulotlar qo'yiladi. Haftaning seshanba, chorshanba va payshanba kunlarida bolalardagi aqliy faoliyat tezlashadi, shuning uchun bu kunlarga murakkabroq ishlar rejalashtiriladi. Kun davomida mashg'ulotlar quyidagicha tartibda almashtirib boriladi: matematika va jismoniy tarbiya, ona tili va tasviriy faoliyat va hokazo. Mashg'ulotlarni bunday taqsimlash bolalarning dastur materialini yengilroq o'zlashtirib olishiga imkon yaratadi O'yin bolalarning muhim faoliyati hisoblanadi. Ijodiy o'yinlar ertalabki qabul paytida, kunning birinchi va ikkinchi yarmidagi sayrda, ya'ni mashg'ulotdan tashqari hamma vaqtda tashkil etilaveradi. iMashg'ulotlarda va mashg'ulotdan tashqari vaqtda o'ynaladigan didaktikva harakatli o'yinlar muhim rol o'ynaydi. Tarbiyachi bolalarning sensor rivojlanishini, aqliy tarbiyasini, bilish jarayonlarini didaktik o'yinlar orqali amalga oshiradi. Harakatli o'yinlar ertalabki va kechki sayr soatlarida tashkil etilib, kuniga 1-2 marta butun guruh, yoki guruhcha bilan o'tkazilishi kerak. O'rta va katta guruhlarda turli xil sport o'yinlari o'tkazib turiladi. Hamma o'yinlar uchun kun tartibidan vaqt ajratish va kerakli materiallar bilan ta'minlash tarbiyachining zimmasiga yuklatilgan. Kun davomida bir necha marta: ertalabki qabul vaqtida, ertalabki va kechki sayrda bolalarning mustaqil faoliyatlari tashkil etiladi. Bolalar o'zlariga tanish bo'lgan didaktik va harakatli o'yinlarni o'ynaydilar, xohlagan rasmlarini chizadilar, xohlagan narsalarini (plastilindan) yasaydilar, kitoblar, rasmlarni tomosha qiladilar, xohlagan badiiy asarlarini tinglaydilar. Kun davomida sistemali ravishda mehnat faoliyati tashkil etilib, bolalar kattalarning mehnati bilan tanishtirib boriladi. Bu ish mashg'ulotlarda, ekskursiyalarda, maqsadli sayrlarda, bolalarning kattalar bilan birgalikdagi mehnatida amalga oshiriladi. Bolalarning ovqatlanishga, mashg'ulotga tayyorlanishlari, tabiat burchagida navbatchilik vazifasini bajarishlari, ularda topshiriqqa nisbatan javobgarlik hissini rivojlantiradi, shu bilan birga ijtimoiy his va munosabatlarni shakllantiradi. Tarbiyachi bolalarning xilma-xil mustaqil faoliyatlari uchun shart-sharoit yaratadi: kerakli ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.8 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 7.8 MB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga