o'quv jarayonini texnologiyalashtirishda didaktikmasalalarni xal qilinishi Reja: 1. Tashxislanuvchi maqsad. 2. o'quv elementi. 3. Abstraksiya pogonalari. 4. Uzlashtirish darajalari. 5. Test. 6. Uzlashtirish koeffitsenti. 7. ta'lim mazmuni. 8. o'quv dasturi va darslik. 9. Xulosa. Tashxislanuvchi maqsad Nima uchun aniq urgatilmagan maqsad deyap- miz? Chunki ta'lim maqsadini predmet yoki mavzular bo'yicha aniq urnatish uchun u tashxislanuvchan holda bo'lishi kerak. Tashxislanuvchan deganda o'quvchilarda shakllanayotgan malum sifat yoki xususiyatlarni o'lchash va baholash tushuniladi. maqsad tashxislanuvchan tarzda urnatilishi mumkin, agar: - shakllanayotgan bilim, ko'nikma va shaxs sifatlari etarli darajada aniq va ravshan ifoda etilishi va tavsiflanishi kerakki, natijada ularni boshqa xar qanday ijtimoiy tajriba elementlaridan xatosiz farqlash mumkin bulsa (If); -tashxislanayotgan shaxs sifatlarining shakllanganlik darajasini aniklab oladigan usul, qurol mavjud bulsa va o'lchash amalga oshirilsa (Ush). - o'lchash natijalariga tayana oladigan sifat-larni baholash mezoni mavjud bulsa (Bm). Shunday qilib, tashxislanuvchanlikning ramziy formulasini kuyidagicha yozish mumkin: Tsh=If+Ush+Bm Oliy va o'rta maktablar rivojining hozirgi bosqichida yuqorida kayd etilgan talablarni muayyan pedagogik tizimning umumiy (asosiy) maqsadlari xam, alohida o'quv predmetlarini o'rganishning xususiy maqsadlari xam kanoatlantirmaydi. Xar bir darsda ta'lim maqsadining aniq urnatilishi o'qitish texnologiyasini loyihalashda muhim shartlardan biri sanaladi. Savol tug'ilishi tabiiy: fan mavzulari buyi- cha o'qitishning tashxislanuvchan maqsadi qanday urnatiladi? Darxakikat, xar qanday fan uzining paydo bo'lgan vaqtlardan boshlab katta bilim (axborot) lar xajmini tuplagan va u yuqori tezlikda boyitib borayapti. Fan fidoiylarining ma'lumotiga ko'ra, jahonda axborotlar bir soatda 200 mln so'z tezlik bilan oshib borayapti yoki bu 500 sahifaga teng bosma matn degan so'z. Inson esa bu vaqt oraligida yarim varak yangi ilmiy matnni uzlashtirishga kodir ekan. Axborotlarning bunday okimida o'quvchi (talaba) ning gark bo'lib ketmasligi uchun o'qituvchi nima qilishi kerak? Javob tayyor: o'qitish uchun fakat zaruriy axborotlarnigina tanlab olish va o'quvchining uzlashtirish qobiliyatiga mos holda ular xajmini miqdoriy o'lchamga keltirish zarur. o'quv ELYeMYeNTI. Bu masalani amalda bajarish uchun o'quv elementi (Ue) tushunchasi mavjud. o'quv elementi deganda o'rganish maqsadida tanlangan barcha fan obyektlari (FO) tushuniladi. Tabiiyki, Ue uchun soni FO sonidan kichik bo'ladi. UE ni tanlab olishi uchun tayyorlanayotgan bo'lajak mutaxassis shaxsiga yaqin 3-5 yil ichida qo'yiladigan talablarni tasavvur kila olish va zaruriy bilim va ko'nikmalar tarkibini aniq ifodalashi kerak. UE soni va tarkibini saralashni ikki usuli mavjud.Birinchisi -ekspert usuli bo'lib, mahoratli va tajribali metodistlar (o'qituvchilar) o'z ish uslubiga tayangan holda vazifani uncha murakkab bo'lmagan metodika yordamida xal etishadi. Ikkinchisi- tajriba sinov usuli bo'lib, o'quv yurti bitiruvchisining faoliyati tahlil kilinadi va shu asosda malum fan obyektlari to'g'risida kerakli ma'lumotlar ajratib olinadi. Xar ikki usul xam ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.7 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:33
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.7 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:33 ]
Arxiv ichida: doc