O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan (AT) foydalanishning didaktik shart - sharoitlari

O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan (AT) foydalanishning didaktik shart - sharoitlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan (AT) foydalanishning didaktik shart - sharoitlari - rasmi

Material tavsifi

O'quv jarayonida axborot texnologiyalaridan (AT) foydalanishning didaktik shart - sharoitlari Reja: 1.Axborot texnologiyalaridan ( AT) foydalanishning didaktik shart - sharoitlari. 2.Matematika o'qitishda texnologiyalarining strukturalari haqida 3. Gipotenuzaga o'tkazilgan medianani xossalarini o'rganish texnologiyasi 4.Uchburchakning teng yonli bo'lishlik alomatlarini o'qitish texnologiyalari haqida 5. Bitta masala asosida mavjud axbarotlardan foydalanib masalalar tuzish texnologiyasi Axborotlashtirish ilmi hamma zamonlarda ham insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu ilm jamiyat hayotining barcha jabhabhalariga oid muammolarni hal etish kaliti hisoblanadi. U jamiyat a'zolarida tafakkurni shakllantiradi, resiruslardan tejamkorlik bilan foydalanishni o'rgatadi, ularda ishbilarmonlik va tashabbuskorlik xislatlarini shakllantirishga ko'maklashadi.Oxirgi yillarda dunyo siyosiy xaritasida sodir bo'lgan tub o'zgarishlar, xususan O'zbekistonning mustaqilligiga erishib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o'tishi natijasida xalqimizning axborot texnologiyalari bilimlariga bo'lgan qiziqishi keskin darajada ortib ketdi. Jamiyat aqliy imkoniyatni rivojlantirishga qaratgan, inson oldiga qo'ygan muhim masalalardan biri uning faqat fan asoslarini egallashgina emas, biroq ularda istalgan hayotiy vaziyatda muammoli masalalarni hal etishning mos yo'lini topishda o'quv hosil qilish hamdir. Maktab oldida - boshlang'ich maktab yoshidan boshlab o'quvchilarda bilimlarni faol bilish ehtiyoji, ijodiy faoliyatni rejali va maqsadga yo'naltirilgan holda faollashtirish, mantiqiy fikrlash, axbarot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatlarni rivojlantirishni shakllantirish vazifalari turmoqda. O'quvchilarga ancha takomillashgan va samarali ta'lim berish eanikrogi, axbarot texnologiyalaridan foydalanish shakllarini izlash, ularni o'quv-tarbiyaviy jarayonning turli bosqichlarida muammoli vaziyatlarga jalb etish milliy tiklanish va umuminsoniy qadriyatlarni bilish mafkurasiga asoslangan ta'limning yangi mazmunini tashkil etadi. O'rta asr Sharqining buyuk mutafakkirlari Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino nazariya va amaliyoti , bolaning mustaqil bilish faoliyati jarayonida o'zlashtirilgan bilimlar biror bir manbadan tayyor bo'lishini tasdiqlagan holda olingan bilimlar bilan qiyoslaganda katta afzallikka ega. To'liqroq va tezroq rivojlangan bu bilimlar o'quvchilar e'tiqodiga aylanadi va ular tafakkur hamda faol amaliy faoliyati quroliga aylanadi. Bilish faoliyati masalalarini tadqiq etish bilan ko'plab zamonaviy olimlar, pedagoglar, psixologlar, axloqshunos va metodistlar shugullanadi. Xususan V.V.Davidov, M.G.Davletshin, I.Ya.Lerner, A.M.Matyushkin, M.I.Mahmutov, S.Rajabov, Yu.M.Kolyagin, V.N.Mixaylovskiy, Sh.Nuriddinov, E.¢oziev ishlarida muammoli ta'lim tamoyillarida umumlashtirish turlari va ularning tuzilishi, o'quv jarayonini tashkil etish ochib beriladi, bilish faoliyatining tuzilishlari, aqliy faoliyatning umumlashgan usullarining shakllantirish yo'llarini belgilovchi alohida komponentlarning o'ziga xos xususiyatlari tahlil etiladi. Bu tadqiqotlarda maktabning bosh maqsadi sifatida bola shaxsi oyoqqa turishini ta'minlash, uning qobiliyatlarini ochib berish, o'qishga istak va o'quvni shakllantirish, yuqori sinf o'quvchilarini bilish faoliyatining barcha komponentlarini egallashga yo'naltirish asosida tizimli ta'limga tayyorlash va shaxsni har tomonlama faollashtirish oldinga suriladi. Bu maqsadlarni tugal konsepsiya sifatida amalga oshirish an'anaviy didaktik tizimlarning barcha bo'ginlarini takomillashtirish, shu jumladan o'quvchilarning faol bilish faoliyatini shakllantirishning motivlari, metodlari va tashkiliy vositalarini ta'minlash uni, inson taraqqiyotining turli yosh bosqichlarida chuqur tadqiq ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 100.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 100.48 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga