O'quv jarayonida axborot texnologiyalarining qo'llanilishi Ishning dolzarbligi. Jamiyatimiz rivojlanishining bugungi darajasi chuqur iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar bilan xarakterlanib, u inson faoliyatining barcha jabhalarida kechayatgan fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarining keng qo'llanili-shiga asoslanadi. Fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va jadallashtirish, yuqori samarali yangi pedagogik texnologiyalarini yaratish, rejalash va boshqarish tizimini takomillashtirish kabi jarayonlarni tezlashtiruvchi muhim omillardan biri axborot (kompyuter) texnologiyalari va telekommunikatsiyalarning qo'llanilishi hisoblanadi. Axborot texnologiyalari zamonaviy ta'lim sistemasida ham istiqbolli rejalarni amalga oshiruvchi asosiy vositalardan biri bo'lib qoldi. Bir qator pedagog olimlarning fikriga ko'ra, ta'lim sistemasi oldida turgan ko'pgina vazifalarni axborot texnologiyalarisiz echib bo'lmaydi. Axborot texnologiyalari talabalarga o'rga-nilayatgan obyektni yaxshiroq anglashiga, uning parametrlari va funksionalligini o'zgartirgan holda uni tushunish jarayoniga faol kirishishga imkoniyatlar ochib beradi. Shunga asosan, axborot texnologiyalar nafaqat obyektning tuzilishi va mohiyatini tushunishga, balki talabalarning aqliy rivojlanishiga ham ijobiy ta'sir etadi. Axborot texnologiyalarining qo'llanilishi talabalar mavzularni qanday darajada o'zlashtirganini tezkor va xolisona aniqlashga imkon beradi, bu esa o'quv jarayoni uchun jiddiy omil hisoblanadi. Kompyuter texnologiyalarning o'quv jarayonida qo'llanilishiga bo'lgan talab-lar va kompyuterlar qo'llanilishining ayrim muhim tomonlari etar-licha ishlab chiqilmaganligi hisobiga yuzaga kelgan cheklanishlar orasida nomuvofiqlik vujudga keldi. Mana shu nomuvofiqlikni bartaraf etilishi muhim muammolardan biri hisoblanadi. Ishning maqsadi: axborot texnologiyalari yordamida kimyo darslarining samaradorligini oshirish. Ishning vazifalari: adabiyotlar tahlili asosida axborot texnologiyasi asosida o'qitish tushunchasiga aniqlik kiritish; talabalarning kompyuter texnologiyalaridan foydalanish modeli va texnologiyasini ishlab chiqish; kimyo mavzulari bo'yicha o'rgatuvchi dasturlarini yaratish; taklif etilgan usulning samaradorligini tajribada tekshirish. Ish metodlari: dars samaradorligini axborot texnologiyalar yordamida oshirishga doir adabiyotlarni o'rganish va tahlil etish; pedagogik dasturiy vositalar bilan tanishish va ularni tahlil qilish; o'quv jarayonini kuzatish; tadqiqot natijalarini tahlil qilish. Ishning nazariy va amaliy ahamiyati: kimyo darslarining samaradorligini axborot texnologiyalari yordamida oshirish imkoniyatlari ko'rsatildi; pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib, kimyoning ayrim mavzularini o'tish bo'yicha o'rgatuvchi dastur ishlab chiqildi va o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari aniqlandi. Grafik ko'rinishdagi axborot bilan ishlash texnologiyasi Axborot texnologyalari Multimediali texnologiyalar Sonli hisoblashlar texnologiyasi Tarmoqli axborot texnologiyalar Matnli axborot bilan ishlash texnologiyasi ma'lumotlarni saqlash, qidirish va saralash texnologiyasi ta'lim sohasida axborot texnologiyalari tushunchasi shaxsiy kompyuterlarning keng joriy qilinishidan (o'tgan asr 80-yillarning oxiridan) keyin tez-tez qo'llanila boshlandi. ta'lim sohasida eng ko'p qo'llanladigan axborot texnologiyalarining klassifikatsiyasi quyidagi sxemada tasvirlangan: Axborot texnologiyalarining klassifikatsiyasi. Hozirgi kunda MS Office paketlari orasida eng ommaviysi va o'zlashtiri-lishi yuqori bo'lgan dasturiy vosita - bu Word matnli muharriri hisoblanadi. Shunga qaramasdan, o'qituvchilar uning keng imkoniyatlaridan atigi ozgina qismidan foydala-nishadi. Bu asosan individual kartochka-topshiriqlar (1-rasm) va blankli testlarni (2-rasm) yaratish bilan cheklanishadi. 1-variant 1) Quyidagi moddalarda azotning valent-liklarini aniqlang: N2, N2O, ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
195.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
195.2 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: ppt