O'quv jarayonida darsning o'rni Reja: Usta o'qituvchining ta'lim vositalari. Rivojlantiruvchi (bilish) vazifalar O'quvchi aqliy faoliyatini boshqarish Maktab amaliyoti va pedagogika asosli ravishda tasdiqlaydiki, dars o'qituvchining butun iikr va harakatlari doimo qaytarilib turadigan va aylanib turadigan markaz hisoblanadi. Dars pedagogik jarayon zanjirida shunday halqaki, M. N. Skatkin so'zi bilan aytganda tomchida quyosh aks etganidek, unda barcha tomonlar aks etadi. «Darsda hammasi bo'lmasa ham pedagogikaning asosiy qismi markazlashgan». (Sovershenstvovaniye protsessa obucheniya. M. 1971.149 str). Tarbiyalanuvchi shaxsini yaxlit shakllantirish nuqtai nazaridan har qanday darsning foydali koeffitsiyentini aniqlash yuzasidan ma'lum bir mezonni topish qiyin. Dars ta'limning mazmuni, metodi va shakli kabi rushunchalar doirasida chegaralanib qolmaydi. Maktablarni ta'lim, tarbiya va rivojlanishni pedagog va o'quvchilarai o'zaro harajihat, hamkorlikdagi faoliyatlari orqali amalga oshirishni nazarda tutadi. Har bir o'qituvchi o'zining kasbiy faoliyati davomida 25 mingdan kam bo'lmagan dars beradi. Qaysi o'qituvchi darsning mazmunli va qiziqarli bo'lishini xohlamaydi? Kim mohir o'qituvchi bo'lishni xohlamaydi? Buning uchun uzoq yil ishlagan o'qituvchi bo'lish yetarli emas. Dars mustaqil va mas'uliyatli ijodiy ish sifatida o'qituvchidan rivojlanuvchi ijodiy pedagogik fikrlashm, pedagogik mahoratni egallashni talab etadi. Biz bu yerda pedagogika kursini o'rganish jarayonida aytilgan gaplarni qaytarishni maqsad qilib, qo'ymoqchi emassiz. Faqat hozirgi zamon yetuk darslarining bo'sh darslardan farqini, mohir pedagoglarning tayyorgarlik tizimi va darsni o'tishining asosiy, rauhim texnologik tomonlarini ko'rib o'tamiz. Usta o'qituvchining ta'lim vositalari. O'qituvchining muvaffaqiyati uning, birinchi navbatda, g'oyaviy, nazariy va kasbiy tayyorgarligiga bog'liq. Darsga tayyorgarlik shu fan bo'yicha darslik, psixologik-pedagogik va uslubiy xarakterdagi kitoblar o'qishdan, uslubiy jurnallar, qo'shimcha adabiyotlar, gazeta va turli materiallarni o'qishdan iborat bo'lishi kerak. Bibliografik kartochkalar, boshqa o'qituvchilaming konspektlari, rejalari, dars loyihalari, turli tahlillar va boshqa manbalar ham zarur. Shuningdek, yana turli o'quv fanlari, diafilmlar, diapozitiv, texnik vositalardan ham foydalanish muhimdir. Shu mavzu (darsga oid) bo'yicha turli ilmiy manbalardan, qonun va qarorlardan olingan sitatalar, tezislar, fikrlar keltirilsa ham maqsadga muvofiqdir. Shuni hisobga olish kerakki, barcha o'qituvchilar uchun bir xilda bo'lgan ta'lim vositalari bo'lishi mumkin emas. Uning turli-tumanligi o'qituvchi fanning o'ziga xosligi bilan, uning imkoniyatlari, ehtiyoji, intellektual faolligi, yangilikni his etishi, pedagogik bilimga chanqoqligi vab. q. bilan belgilanadi. 4. O'rganilayotgan material mazmunining tahlili. Darsning yaratilishi - bu fikrlarning paydo bo'lishidir. U bir nechta elementlardan tashkil topgan. Bulardan eng muhimi davlat programmasi tomonidan belgilab qo'yilgan materialdir. Tajribali o'qituvchilar o'quv programmalarining asosiy yo'nalishini, ulaming har bir bo'lagini juda yaxshi biladi. Bunga maqsad, vazifa va shu programma tuzilishi kiradi. Yaxshi o'qituvchini doimo shu mavzuga oid materialni shu vaqt uchun qanday o'tish kerak degan masala qiziqtirib keladi (shu tema bir necha bor oldin o'tilgan bo'lsa ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.98 KB
Ko'rishlar soni
33 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc