O'quv jarayonini rejalashtirish RYeJA: 1. Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'lim muassasalarida o'qitishning tashkiliy shakllari. 2. Dars va dars jarayoni. 3. O'quv mashg'ulotlarining tarkibiy qismlari. 4. ma'ruza, seminar mashg'ulotlar, laboratoriya (tajriba) mashg'ulotlari, talabalar mustaqil ishilari. Oliy maktabda o'qitish shakllari. Oliy maktabdagi o'qitish jarayoni o'qitishning shakl va metodlarini tashkil qilishning ko'pqirrali yagona tizimi ramkasida amalga oshiriladi. Oliy maktabdagi o'qitishning shakl va metodlari yyg'indisi o'quv jarayonyning obyektiv qonuniyatlari bilan belgilanadigan yagona didaktik kompleksni tashkil etadi. Oliy maktabdagi o'qitishning shakl va metodlari tasnifi o'zaro bog'langan va o'zaro shartlangan ikki faoliyatga tayanadi: - o'quv jarayonini boshqarish va tashkil etish bo'yicha o'qituvchilarning faoliyati; - talabalar o'quv va bilish faoliyati. Oliy dagi o'quv jarayoni shakllariga ma'ruza, seminar va amaliy mashg'ulotlar, laboratoriya mashg'ulotlari, o'quv anjumanlari, maslahatlar, ekskursiya, ekspediqiya, o'quv ishlab chiqarish pedagogik amaliyoti, kurs va diplom ishlari, talabalarning mustaqil tahsili. Dars jadvali o'quv rejasiga binoan har bir o'quv yili (semestr) uchun fanlarg'a ajratilgan soatlar hisobini inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Dars aniq maqsadni ko'zlab, belgilangan vaqtda bir hil eshdagi o'quvchi, yoshlar bilan o'qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg'ulotdir. Dars o'z oldiga qo'yilgan aniq maqsad va tugal mazmundan iborat. Darsning maqsadi, mazmuni va hajmi ta'lim standartlari asosida belgilanadi. Dars - o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli ekan, bu jarayonda qo'uyidagilarga amal qilinishi lozim: 1. Har bir sinfda o'quvchilarining yoshi va bilim darajasi bir xil bo'lishi lozim. 2. Dars qatiy jadval bo'yicha belgilangan muddatda olib borilshi kerak. 3. Dars o'qituvchi rahbarligida butun sinf bilan yoki alohida o'quvchilar bilan ishlash shaklida olib boriladi. 4. Dars o'quv fanning xarakteri, o'qitilayotgan materialning mazmuniga qarab, turli usullar va vositalarda olib boriladi hamda ta'lim tizimining bir qismi sifatida tagallangan bilim beradi, navbatdagi bilimlarni o'zlashtirish uchun zamin yaratadi. ma'ruza - u yoki bu ilmiy masalani to'g'ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish. S.I. Arxangelskiyning takidlashicha, ma'ruza o'qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, irodasi, tuyg'usi, e'tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqotda bo'lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda o'qitishning yo'naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalov funkqiyalarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi. ma'ruzaning yo'naltiruv funkqiyasida talabalarning diqqati o'quv materialining asosiy qoidalari, uni o'rganishdagi hamda bo'lg'usi kasbiy faoliyatidagi roli va ahamiyati, uni o'zlashtirish metodlariga jalb qilinadi. ma'ruzaning axborot berish funkqiyasi o'qituvchi tomonidan asosiy ilmiy faktlar, qoidalar, xulosalarning mohiyatini ochish chog'ida amalga oshiriladi. O'qitishning metodologik funkqiyasini qo'llash tadqiqot metodlarini qiyoslash, chog'ishtirishga, ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi. O'qitishning tarbiyalov funkqiyasi ma'ruza jarayonida o'quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.38 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.38 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc