O'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Natijalarni baholash tizimini loyihalash

O'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Natijalarni baholash tizimini loyihalash

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. Natijalarni baholash tizimini loyihalash - rasmi

Material tavsifi

o'quv jarayonini tashkil etish va boshqarish tizimini loyihalash. natijalarni baholash tizimini loyihalash Reja: maqsadlarni aniklashtirishning umumiy yo'li. maqsadlarning turlari bo'yicha o'quv maqsadlarni aniklashtirish uchun fellar. Diagnostik maqsadning to'rt komponentli strukturasi. Identifikatsiyalanadigan maqsadlarni guruhiy ishlab chiqish. baholashni etalon belgilar asosida amalga oshirish. Testlar (standartlashgan tekshiruv ishlari). Testlarni mashinasiz variant bilan ishlash. aniq o'quv maqsadlaridan test topshiriqlarini tuzishga o'tish. Test topshiriqlari fani (testologiya) haqida tushuncha. Tayanch tushuncha va iboralar: etalon maqsad, ta'lim natijasiga erishish mezoni; ta'lim natijasiga erishish belgilari; umumiy maqsadlarni ifodalovchi fellar; aniklashtirilgan o'quv maqsadlar uchun fellar; ijodiy tipdagi maqsadlarni belgilash uchun fellar; shaxslararo hamkorlik sohasidagi maqsadlarni belgilovchi fellar; to'rt komponentli diagnostik maqsadning strukturasi; diagnostik maqsadning belgilari; etalon; joriy va yakuniy baholashlar; teskari aloqa; test (u yoki bu bilim va ko'nikmalarni egallash darajasini baholash); erishish testlari; test o'tkazishning mashinasiz varianti; test fondlari; alternativ o'quv materiallar. yuqorida bayon kilinganlarga asoslanib, endi o'qitish natijasi haqidagi umumiy tasavvurdan aniq etalonga, uni o'quvchi tomonidan o'zlashtirib olinganligi mezoni ustida to'xtaymiz. o'qitish natijasi haqidagi umumiy tasavvurdan aniq etalonga o'tishga ko'yiladigan umumiy talab-o'quvchi o'qish jarayonida o'zlashtirishi mumkin bo'lgan, yani u erishgan maqsadning belgilarini bayon qilishdan iboratdir. Jumladan, Ob-havo fronti( fizik geografiya)dagi maqsadlarni bayon qilishning ko'yidagi ikki ifodasidan - 1) o'quvchi qoidani o'zlashtiradi va 2) o'quvchi qoidani tanish (yangi) vaziyatga tatbik etadidan fakat ikkinchisini, anikrok ifodalanganligi uchun, tanlash maqsadga muvofikdir. maqsadlarni aniklashtirishning umumiy qoidasi (priyom)-aniq natijaga ega bo'lgan harakatni ko'rsatuvchi felni bayon qilishni ko'llashdir. Jumladan, 3-mavzuda karalgan Ob-havo fronti (fizik geografiya)dagi Ob -havo xoritasida simvolik belgilarni ko'llashni o'rganish maqsadi ko'yidagi o'quv natijalari-belgilarga ajratilishi mumkin: o'quvchi: 1) Ob-havo xaritasida ko'llanilgan simvollarni xotirasida qayta tiklaydi; 2) xaritadagi simvollarni taniydi; 3) simvollardan foydalanib xaritani o'kiydi; 4) simvollardan foydalanib xarita tuzadi; 5) berilgan xarita bo'yicha simvollardan foydalanib ob-havo ma'lumotlarini beradi. Ushbu misoldan ko'rinadiki, umumiy o'quv maqsadini, bir tomondan, past o'zlashtirish darajasining oddiy natijalariga keltirish (masalan, ob-havo xaritasida ko'llanilgan simvollarni 1 va 2 qayta tiklash va tanish), boshqa tomondan esa turli o'zlashtirish darajalarining o'quv natijalarini keng ro'yxatiga yoyish mumkin. o'quv natijalarining anashunday ro'yxatini tuzish o'qituvchiga yuqori o'zlashtirish darajasiga qaratilgan didaktik maqsadlarni ongli va ketma-ket ravishda tuzish imkoniyatini beradi. Buni etarli darajada murakkab bo'lgan maqsadni bayon qilishni ko'yidagi misolidan ko'rish mumkin. o'quvchi kitob o'kiganda tanqidiy fikr yurgizish malakasini ko'llaydi umumiy maqsadi ko'yidagicha aniklashtirilishi mumkin. o'quvchi: 1) faktik ma'lumotlar va fikrlar mulohazalar o'rtasidagi farqni o'tkazadi; 2) faktlar va taxminlar o'rtasidagi farqni o'tkazadi; 3) sabab-oqibat aloqalarini ajratadi; 4) mulohazalardan xatolarni ajratadi; 5) muhim dalillarni ishga aloqasi bo'lmaganlardan ajratadi; 6) asoslangan va asoslanmagan fikrlarni chegaralaydi; 7) matn asosida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.46 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.46 KB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga