O'quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar

O'quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv jarayonini tashkil etish va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar - rasmi

Material tavsifi

O'quv jarayonini tashkil etishh va samarali boshqarish asosidagi pedagogik texnologiyalar Reja: Tabaqalashtirilgan darajadagi texnologiya: individual o'ziga hosliklari, yoshi, qiziqishlari, aqliy rivojlanish darajasi, sog'lomlik darajasi va boshqalar. Individual ta'lim texnologiyasi: ta'lim har bir o'quvchining qobilyatlari bilan bo'liqlikda olib boriladi. L Axborot texnologiyalari: ta'limiy va nazorat qiluvchi dasturlar. Ta'limning jamoaviy va guruhiy texnologiyasi. I. Kishi har bir faoliyatni shu faoliyatni bajarish metodikasi haqida oldin o'zlashtirilgan axborotlar asosida bajaradi. Oldin bilib olingan axborotlarga bevosita tayanmay, tusmol va xatoliklar yo'li bilan bajarish ta'lim-tarbiya ishi uchun xarakterli bo'lolmaydi. Kishining mahorati qandayligi faoliyat haqidagi axborotlarni o'zlashtirish darajasiga bog'liq, faoliyatga doir axborotlarni ishlata bilish esa ayrim o'quv elementlari va butun o'quv predmeti mazmunini o'zlashtirish sifatiga, ya'ni harakatning mo'ljal asosi (XMA)ni o'zlashtirish sifatiga bog'liq. Bunda bilib olingan XMA, yoki aynan o'zlashtirib olinganidek yoki faoliyatning shart-sharoitiga qarab o'zgartirilgan holda ishlatirilishi ham mumkin. Bilib olingan axborotlardan foydalanishh usuli bo'yicha o'quv faoliyati reproduktiv (esda qolganiga ko'ra va produktiv (maxsuldor) turlarga ajratiladi. Qo'yilayotgan vazifalarni (masalalarni) yechish uchun dastlabki axborotlardan foydalanishh usuli faoliyatni turlarga ajratishning umumiy prntsipi hisoblanadi. Produktiv faoliyat mahmuldordan oldin kelishi shubhasiz, ya'ni mahsuldor faoliyat undan o'sib chiqadi. Reproduktiv faoliyatda o'zlashtirilgan XMA, uning algoritmlari va qoidalari faqat har xil ko'rinishlarda qayta ishlab chiqiladi ta'limda aynan qayta gapirib berishdan tortib, o'xshash vaziyatlarda biroz o'zgartirib aytishgacha, o'quv predmetida dastlab bilib olingan ma'lumotlarga o'quvchi faoliyat davomida biror yangi axborot qo'shmaydi. Algoritmik harakatlar, ya'ni yaxshi tanish sharoitlarda va aniq tasvirlangan qoidalarga binoan harakat qilishh reproduktiv faoliyat uchun xarakterlidir. Masalan, talaba umumiy ta'lim, ixtisoslik predmetlari bo'yicha o'quv qo'llanmalardagi barcha masalalar vazifalarni ilgari o'zlashtirilgan bilingan qoidalar va algoritmlarga binoan echadi, o'quvchining bunday faoliyati reproduktivlik doirasidagi harakatlaridir. Mahsuldor faoliyat jarayonida o'quvchi har doim o'quv predmetida o'zlashtirib olingan nisbatan yangi harakatlar-XMA yaratadi, ya'ni o'quv qo'llanmasining mazmunidan farq qiladigan yangi axborotni yuzaga keltiradi. Yangi axbortni yaratish doimo izlovchilik tadqiqotchilik faoliyatida oldingi tajribaga suyanadi. Repreduktiv va mahsuldor faoliyatlar o'zaro bog'langan bo'lib, bilim egallashda shu ikki bosqichga mos tuzilma yaratadi. O'quvchi ham reproduktiv, ham mahsuldor faoliyatga doir har bir harakatni amalni yechish jarayonining elementi sifatida bajaradi. Psixologo pedagogik fanlarda masala deganda ma'lum bir vaziyatda harakat yordamida bajarish mumkin bo'lgan ma'lum bir maqsad tushuniladi. SHunday qilib maqsad, vaziyat va harakat masalaning komponetlari hisoblanadi. Reproduktiv yoki mahsuldor faoliyatni qo'llash komponentlari masalalarda ko'rsatilgan variantlarga bog'liq bo'ladi. Inson faoliyatining mumkin bo'lgan barcha tuzilmasini turli masalalarni yechish qobiliyati sifatida quyidagi to'rtta izchil o'zlashtirish darajalari a shaklida taqdim etishh mumkin: a-1-1U-to'rt darajasi, ular ta'lim jarayonida shu predmetdan o'quvchi bilim tajribasining o'sish yuksalish darajalarini aks ettiradi. Zamonaviy psixologo-pedagogik fanlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.13 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.13 KB
Ko'rishlar soni 59 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga