O'quv jarayonini tashkil etishning turlari va shakllari

O'quv jarayonini tashkil etishning turlari va shakllari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv jarayonini tashkil etishning turlari va shakllari - rasmi

Material tavsifi

O'quv jarayonini tashkil etishning turlari va shakllari Reja: 1. O'quv jarayonini tashkil etish haqida tushuncha. 2. Ta'limda sinf-dars tizimining vujudga kelishi. 3. Dars maktabda o'quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli. 4.Dars strukturasi, elementlari va tiplari. Tayanch tushunchalari:O'quv jarayoni, sinf dars tizimi,sturukturasi, elamentlari tiplari. Ta'lim ijtimoiy hodisa bo'lib, uning tarixi juda uzoqdir. Ta'lim insoniyat jamiyati rivojining dastlabki paytlaridayoq katta rol o'ynagan. U to'plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta'minlagan, insoniyatning faqat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta'limning mukammal jamoa shakli, ya'ni dars ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Ya.A.Komenskiy Buyuk didaktika asarida jamoaviy tarbiyaning oldingi barcha tajribalarini umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta'limning asosiy didaktik prinsiplarini izchil ifodaladi. O'sha zamondan buyon 350 yil o'tdi. Shuncha vaqt mobaynida darsning tashkiliy shakllari ham, ta'limning metodlari ham uzluksiz takomillashib ketdi. O'qituvchining vazifasi - darsda tafakkur va faoliyatning ana shu turlarini eng to'g'ri uyg'unlashtirishdir. Binobarin, bunday uyg'unlik dars samaradorligini oshirishning muhim omilidir. O'qituvchi dars muammolariga to'g'ri yondashishi uchun ta'lim jarayonining asosiy komponentlarini bilishi, ularning o'zaro bog'liqligi va bir biriga ta'sirini tushunishi lozim. obyektiv mavjudlikning mohiyatini bilishi - ta'limning maqsadlaridan biridir. Ta'limda sinf - dars tiziminig vujudga kelishi. Ta'limni boshqarishning asosiy tashkiliy shakli quyidagi ma'lum belgilarga ega bo'lgan mashg'ulotlarni guruhiy yo'sinda o'tkaziladi: - mashg'ulotlarning har yili va har bir o'qish kuni bir paytda boshlanishi; - mashg'ulotlar va ular orasidagi tanafuslarning ma'lum vaqt davom etishi; - guruhlardagi bolalarning yoshi va soni jihatdan baravarligi; - material o'rganish sur'atining bir xilligi; - o'quv mashg'ulotlarining ma'lum tashkiliy shaklda o'tkazilishi. Guruhli mashg'ulotlarning sinf- dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha takomillashgan holda mavjuddir. Dars yaxlit ta'lim jarayonini o'quv-tarbiya ishining boshqa tashkiliy shakllari - uy vazifalarini bajarish, predmet to'garaklarining mashg'ulotlari, sayrlar va hoka'zolar bilan uzviy birlikda aks ettiradi. Darsni ikki jihatdan: umuman ta'lim jarayoni va ta'limni tashkil etish shakli sifatida ta'riflab uni foydali deb hisoblash taklifi bor ( M.I.Maxmutov ). Ta'limning umumiy jarayoni sifatida qaralsa, dars o'qitish harakatining ta'lim mazmuni, prinsiplari va metodlari bilan belgilanadigan, ma'lum makon - zamon chegaralarida o'qituvchi rejalashtiradigan hamda boshqaradigan birgalikdagi obyekt o'qituvchi va o'quvchilar amalga oshiradigan asosiy shaklidir. Dars maktabda o'quv ishlarini tashkil qilishning asosiy shakli Hozirgi paytda o'quv ishlarini tashkil etishning quyidagi shakllari qo'llanadi: dars, ekskursiya, o'quv ustaxonalaridagi mashg'ulotlar, mehnat va ishlab chiqarish ta'limi shakllari, uy ishlari, sinfdan tashqari o'quv ishlarining shakllari (predmet to'garaklari, studiyalar, olimpiadalar, tanlovlar). Darsning tashkiliy shakllari Pedagogik adabiyotlarda va maktab amaliyotida darsdagi ishlarni tashkil etishning asosan uchta: ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 19.48 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga