O'quv maqsadlari. Turlari va sohalari

O'quv maqsadlari. Turlari va sohalari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv maqsadlari. Turlari va sohalari - rasmi

Material tavsifi

O'quv maqsadlari. turlari va sohalari mavzuning o'quv maqsadi: Tinglovchilarning o'quv maqsadlari, turlari va sohalari bilan tanishtirish va ularni aniq belgilash bo'yicha bilimlarni shakllantirish O'quv maqsadlari bu - muayyan ta'lim jarayoni yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, yani hosil qilinishi lozim bo'lgan bilim, xatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi. Uni to'g'ri tanlash ta'lim jarayoni uchun o'ta muhimdir. Buni quyidagi ibora yordamida yaxshiroq tushunsa bo'ladi: «Qaerga borishni, oxirgi manzilini bilmasdan turib safarga otlanishdan hech qanday mano va naf yo'q». Rivojlanti- ruvchi Yo'naltiruvchi maqsadlar. Yo'naltiruvchi maqsadlar eng katta ko'lamdagi ta'lim jarayonining maqsadlarini belgilaydi. Masalan, biror mutaxassislikni egallash bo'yicha o'quv maqsadlari. Umumiy maqsadlar. Umumiy maqsadlar kichikroq ko'lamdagi ta'lim jarayonlariga taluqli bo'lib, uning mazmuni yo'niltiruvchi maqsadlardan kelib chiqadi. Aniq maqsadlar. Aniq maqsadlar eng kichik ko'lamdagi ta'lim jarayoniga talluqli bo'lib, uning mazmuni o'z navbatida umumiy maqsadlardan kelib chiqadi. Masalan, biror bir darsning maqsadi, fanni biror bo'limining o'quv maqsadi. Bugungi kunda eng rivojlangan taksonomiyalardan biri amerikali pedagog olim B.Blumning tizimi hisoblanadi. B.Blumning taksonomiyasi o'quv maqsadlarining aniqlashtiribgina qo'ymay, balki ularni tartibga ham soladi. O'quv maqsadlarini aniq toifalash pedagogga o'z harakatini bosh maqsadga yo'naltirishga va o'quv materialini aniq tushuntirishga imkon yaratadi. B.Blum bo'yicha o'quv maqsadlarining asosiy toifalari: bilish tushunish qo'llash tahlil sintez baholash «Bilish» toifasi kognitiv sohaning eng quyi bosqichi bo'lib, u tushunchalar, dalillar va tamoyillarni eslash demakdir. Bu bosqichda shaxs o'zlashtirgan bilimlarini xotirada saqlashi hamda eslashi, ularni nomlashi va aytib bera olishi kerak. «Tushunish» toifasida o'zlashtirilgan bilimlar mohiyati oydinlashtiriladi va anglab etiladi. «Ko'llash» toifada shaxsning o'zlashtirgan nazariy bilimlar turli shakllarda qo'llaniladi. «Tahlil» toifasi shaxsga o'zlashtirilgan bilimlarni tahlil qilish imkonini beradi. «Sintez» toifasishaxsga o'zlashtirilgan bilimlarni o'zaro bir-biriga bog'lash va umumiy aloqadorliklarni aniqlash imkonini beradi. «Baholash» toifasi eng yuqori bosqich hisoblanadi. Bu bosqich olingan bilimlar asosida malum qadriyatlarga taluqli holatlarni baholash, qaror qabul qilish, muammolarni hal qilish va baholash mezonlarini yaratish ko'nikmalarini o'zlashtirishni nazarda tutadi. B.Blum taksonomiyasi bo'yicha o'quv maqsadlari toifalariga mos keluvchi fellar namunalari Bilish Qaytarib aytish, Qayd qilish, Xabar berish, Nomlamoq, atamoq, Yozmoq, Ifodalash,Farqlash,Tanib olish Aytib berish,Takrorlash Tushunish Dalillar keltirmoq Almashtirmoq Aniqlamoq, belgilamoq Tushuntirmoq O'tkazish, aylantirish O'zgartirib berish Surat bilan ko'rsatish Izoh berish, ochib tashlash Qo'llash Tadbiq etish Hisoblab chiqarish Namoyish etish Foydalanish o'rgatish Aniqlash Bajarish Hisoblash Amalga oshirish, yechish Tahlil Keltirib chiqarish Ajratib ko'rsatish Differensiyalash Tasniflash Taklif etish Oldindan aytish Qismlarga ajratish Taqsimlash Tekshirish Guruhlash Sintez Kashf etish Umumiylashtirish Rejalashtirish Ishlab chiqish Tizimga solish Qo'shmoq, ulamoq Tuzish Loyihalash Baholash Diagnostikalash Isbotlash Asoslash O'lchash Maqullash Baholash, tekshirish Nazorat qilish, Taqqoslash, Solishtirish, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.21 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 58.21 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga