O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish

O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish Bajardi: Reja: 1.O'qish jarayonini nazorat qilishning vazifalari. 2.Kasb-hunar kolleji rahbarlarining o'quv mashg'ulotlariga kirishlaridan maqsad. 3. O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish. 4. Mashg'ulotlarni tekshirishga tayyorlanish. 5. Mashg'ulotlarga kirish. 6. Nazariy o'qitish darsining tahlili. 7. Ishlab chiqarish mashg'ulotlarining tahlili. 8. Madaniy-tarbiyaviy ishni nazorat qilish. 9. Nazorat natijalaridan foydalanish. 1.O'qish jarayonini nazorat qilishning vazifalari. ta'lim-tarbiya jarayonini nazorat qilishni kasb-hunar kolleji pedagogik jamoasi ishiga rahbarlik qilishning asosiy usullaridan biri deb qarash kerak. Nazorat qilish kamchiliklarni topish, ishlarning holatini tasdiqlash emas. Pedagogik nazoratni amalga oshirish-bu maslahatlar berish, ishga ta'sir ko'rsatish, uni yaxshilash, oldindan ko'rish, voqealarni seza bilish, har bir o'quv muassasasidagi ishlarni o'z vaqtida to'g'rilashdir. O'quv jarayonini nazorat qilishda ishlab chiqarish ta'limi ustalari, o'qituvchilar tomonidan olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni darajasini tashkil qilishlari va metodikasini yaxshilash, ishdagi xato va kamchiliklarni ochishi kerak. Dars tahlili, pedagog faoliyatini o'rganish va tekshirish pedagogik ishning ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur bilishga asoslanilgan malakali yordamidir. Kasb-hunar kolleji rahbarlarining o'quv mashg'ulotlariga kirishlaridan maqsad Kasb-hunar kolleji rahbarlarining mashg'ulotlariga kirishlaridan quyidagi maqsadlar nazarda tutiladi: dars mazmunining o'quv dasturiga muvofiqligini aniqlash; o'rganilayotgan materialning ilmiy darajasini va uning g'oyaviy yo'nalishini aniqlash; darslarda didaktikaning asosiy tamoyillariga rioya qilinayotganligini nazorat qilish; dars tipi, o'qitishning metod va tamoyillarini to'g'ri tanlanganligini tekshirish; darsning tarbiyaviy ahamiyatini tekshirish; o'qituvchining shu fandan dars berishga va mazkur darsni olib borishga tayyorgarligini tekshirish; darsni to'g'ri tashkil qilinganligini baholash. O'quv mashg'ulotlarini tekshirishni rejalashtirish Kasb-hunar kolleji rahbarlarining nazariy o'qitish darslari va ishlab chiqarish mtashg'ulotlariga kirishlari puxta o'ylangan reja bo'yicha olib boriladi. Pedagogik nazoratni to'g'ri tashkil qilishning zaruriy sharti uning maqsadga yo'nalganlik xarakterini, kasb-hunar kolleji rahbarlari ishining koordinatsiyasi va birligini taminlovchi rejalashtirishdir. Nazoratni rejalashtirishning yagona tizimi bo'lmaganligi uchun u ko'pgina ta'lim-tarbiyav jarayonining barcha tomonlarini qamrab ololmaydi, kerakli maqsadga yo'nalmaydi, tasodifiy xarakter kasb etadi. Rejalashtirilgan nazorat o'z vaqtida xatolarning oldini olish va o'qitishda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish imkonini beradi. Kasb-hunar kollejining har bir xodimiga o'quv yili davomida ishlab chiqarish ta'limi ustasi va o'tqituvchilardan qaysi birini nazorat qilishini, ularning ta'lim-tarbiya faoliyatlarini nazorat qilish jarayonida qanday metodik masalalarni o'rganishini oldindan belgilab qo'yish tavsiya qilinadi. ta'lim-tarbiya jarayonining holat va mazmunini nazorat qilish rejasi kasb-hunar kollejining direktori (o'quv-ishlab chiqarish va ta'lim-tarbiya ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, ilmiy mudiri va katta ishlab chiqarish ta'limi ustasi bilan birgalikda) har bir o'quv yarim yilligiga kasb-hunar kollejining xususiyatlari, pedagogik jamoasning kvalifikatsiyasi, o'quv yili yoki yarim yilligining natijalarini nazarda tutgan holda tuzadi. Pedagogik nazorat kasb-hunar kollejidagi metodik ish majmuasi bilan har tomonlama bog'langan bo'lishi kerak. Kasb-hunar kollejining rahbarlari usta o'qituvchilarini baholash bir xil yondashishlarini ishlab chiqarishlari ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 750.87 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 750.87 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga