O'quv maskanlarida chaqiriqqacha tayyorgarlik moddiy-texnikaviy bazasining ayrim elementlarini tayyorlash jarayoni

O'quv maskanlarida chaqiriqqacha tayyorgarlik moddiy-texnikaviy bazasining ayrim elementlarini tayyorlash jarayoni

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv maskanlarida chaqiriqqacha tayyorgarlik moddiy-texnikaviy bazasining ayrim elementlarini tayyorlash jarayoni - rasmi

Material tavsifi

O'quv maskanlarida chaqiriqqacha tayyorgarlik moddiy-texnikaviy bazasining ayrim elementlarini tayyorlash jarayoni Reja: 1. Harbiy xona 2. Qurol saqlash xonasi 3. Safdagi tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar uchun maydoncha 4. O'q otishni mashq qilish moslamasi 5. O't ochish doirasi 6. O'q otish usullari va qoidalarini amaliy o'rganish 7. Navbatchi majburiyatlarini amaliy o'rganish uchun joy Moddiy ta'minot: O'quv yurti O'MBsi obyektlari (yoki maketi), TOO: «Ukraina» kinoqurilmasi 1 dona, LETI-60m, diaproyektor - 1 dona, magnitafon - 1 dona, televizor - 1 dona, slayd, kinofilmlar komplekti. Umumiy tashkiliy-uslubiy ko'rsatmalar Mazkur mavzu bo'yicha ma'ruzani O'MB obeklarini maketda ko'rsatish bilan hikoya qilish uslubi orqali yoki TTV yordamida tushuntirishlar bilan sinfda olib borish tavsiya etiladi. O'quv yurti O'MB obyektlari nomini yozdirish, asbob-usqunalarga bo'lgan talablarni mustaqil o'rganish tavsiya etiladi. O'quv tarbiyaviy maqsadlar: Vaqti - 2 s. Joyi - sinf Uslubi - ma'ruza (hikoya, ko'rsatish, tushuntirish). Maktablarni - harbiy o'quv qurol, asbob va ro'yxatdagi mulk bilan ta'minlash tartibi. O'ChT bo'yicha o'quv ko'rgazmali qo'llanma va adabiyotlar. Mashg'ulot borishi: 1. Kirish qismi - 5 daqiqa Bildirgi qabul qilish, talabalar soni ko'rinishi va mashg'ulotiga tayyorgarlikni tekshirish. O'tilgan mavzu bo'yicha nazorat savol-javobini o'tkazish: O'ChTni rivojlantirish maqsad va vazifalari qanday? Harbiyo rahbar qanday rejalar o'tkazishi sanab bering? Harbiy rahbar maktab bo'yicha qaysi buyruqlar loyihasini tuzishni sanab bering. O'ChT bo'yicha o'quv jarayoni unumdorligini oshirishning qanday yo'nalishlarini bilasiz? Mashg'ulot mavzu va maqsadini, ularni o'rganish tartibini tushuntirib berish. «Umumiy harbiy majburiyat haqida»gi qonun bilan kiritilgan o'smirlar chaqiriqqacha tayyorgarligi harbiy ta'lim majburiy davlat shakli hisoblanadi va O'zR QK xizmatiga yoshlarni tayyorlash butun tizimining muhim qismini tashkil etadi. Chaqiriqqacha tayyorgarlik samaradorligi ko'p holda o'quv tarbiyaviy jarayon qanday tashkil qilinganligi va amalga oshirilganligiga bog'liq. Uning asosiy tarkibiy qismlari: ilmiy asoslangan o'quv dasturlar, mashg'ulotlarning optimal uslubiyati, kerakli moddiy baza. Birinchi ikki tarkibiy qismlar ahamiyatini inkor yetmagan holda mubolag'asiz aytish mumkin. Harbiy ta'limda hal qiluvchi o'rinni O'MB egallaydi. Bu birinchi navbatda chaqiriqqacha tayyorgarlik kursi xususiyatlari, uning qo'p sohaliligi va amaliy yo'nalganligi bilan tushuntiriladi. Masalan, o'quv namunaga ega bo'lmasdan qurolni o'rganish mumkin emas. O'ChT dasturiga ko'ra har bir o'quv yurtida quyidagi O'MB umumiy kompleksi belgilarga ega bo'lishi tavsiya etiladi: Harbiy xona. Qurol saqlash xonasi. Otish, mashq qilish uchun moslangan bino. Qurolni tozalash va moylash uchun joy. Safdagi tayyorgarlik bo'yicha mashg'ulotlar uchun maydoncha. Fuqarolik mudofaa sinfi (joy mavjud bo'lsa). Jangovar va mehnat shuhrati muzei yoki xonasi (burchagi) Gimnastika shaharchasi. 9. To'siqlar chizig'i. 10.Harbiy-vatanparvarlik tarbiya bo'yicha ko'rgazmali targ'ibot vositalari. 11. Yig'iladigan va olib yuriladigan asbob-uskuna. O'quv dalasi va maydonchalarda, shuningdek o'quv shaharchasi hududida o'z navbatida o'quv joylari yaratiladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.52 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 20.52 KB
Ko'rishlar soni 36 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga