O'quv materialini bildirish usullari Reja: O'qituvchilarning o'quv materialini og'zaki bayon etish metodikasi So'zlab berish, tushuntirish, ma'ruza, suhbat Tushuntirishning induktiv va deduktiv usuli Laboratoriya va amaliy ishlar o'tkazish usuli Sayohatlar. Undan ko'zlangan maqsad va ularning kimyoviy jarayonlarda tutgan o'rni Kasb-hunar kolejlari o'quvchilarining mustaqil(uyda yoki talabalar uyida) bilim olishlaridan ko'zlangan maqsad O'quvchilarga o'quv materiallarini bildirish o'qituvchi faoliyatining asosiy elementlardan biridir. O'quv jarayonining bu zvenosiga o'quvchilar faoliyatining quyidagi elementlari: bilimlarni idrok etish, tushunib olish va umumlashtirish to'ғri keladi. Ammo o'quvchilarga o'quv materialini bildirishni uni tushunib olish va umumlashtirish bilan boғlash o'qituvchiga uziga to'ғri yo'l tanlashi uchun zarurdir. Agar o'qituvchi o'quv materialini bildirishda asosiy vazifa bayon etilgan ma'lumotlarni o'quvchilarning idrok etishidan iboratdeb bilsa, bu hol o'qituvchini o'quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtirishga yordam beruvchi forma, metod va metodik usullarni tadbiq etishga ragbatlantirmaydi, va aksincha, maqsadli bilimlarni tushunib olish va umumlashtirishga qaratish o'qituvchini o'quv materialini bayon etishning eng samarali metodlarini, o'quvchilarning bilimlarini o'zlashtirish darajasini tekshirishning tegishli kriterilarini izlash va tadbiq etishga undaydi. Yangi o'quv materialini bildirish o'qituvchi ishidagi asosiy masaladir. Yangi materialni bildirishda, asosan, oғzaki metodlardan: oғzaki bayon etishdan (so'zlab berish, tushuntirish, ma'ruza, suhbatdan) o'quvchilarning kitob bilan ishlashidan va ko'rsatma qo'llanmalar, diafilmlar, kinofilmlar, tajribalar ko'rsatishdan foydalaniladi. Ammo yangi materialni bildirish va buning natijasida o'quvchilar olingan bilimlarni idrok etishi, tushunib olishi, dastlabki zarur umumlashtirishlar qilishi keraqligi an'anaviy metodlarni boshqa metodlar bilan kushib olib borishni talab etadi. O'qituvchi o'quv materialini bayon etganda, laboratoriya amamliy ishlarni bajarish vaqtida, mashqlar jarayonida, mustaqil kuzatishlar vaqtida ijodiy harakterdagi ishlarni bajarish natijasida o'quvchilar yangi bilimlar oladilar. O'qituvchining vazifasi o'quvchilar faoliyatining hamma turlarini bilimlar olish va ularni kengaytirish manbayiga aylantirishdan iborat. O'quv materialini bildirish metodini tanlash, o'rganilayotgan materialning mazmuni, harakteri va murakkabligiga, mashғulotlarning didaktik maqsadiga, o'qitish vositalari bor - yukligiga, o'quvchilarning dastlabki bilimlari va shu kabilarga ko'p jixatdan boғliq. Kasb-hunar maktablaridagi o'quv jarayonining uziga xos xususiyati shundan iboratki, o'quvchilarning nazariy mashғulotlari bilan bir qatorda katta xajmda ishlab chiqarish ta'limi ham o'tkaziladi. Bu hol o'qituvchidan o'quvchilarga o'quv materialini amaliy rejada bildirishni talab qiladi, bu esa o'quvchilarning materialni idrok etishiga ta'sir ko'rsatadi. SHuning uchun o'quv materialini bildirish metodlarini tanlashda o'qituvchi o'quvchilarning ishlab chiqarish tajribalarini, ularning o'qitilish davrini, o'rganilayotgan materiallarning amaliyot bilan boғliqligini ham e'tiborga olish zarur. O'quv matekrialini bildirish metodlarini tanlash bir qator sub'ektiv faktorlarga, jumladan, butun o'quv guruhining xususiyatlariga, ayrim o'quvchilarning individual xususiyatlariga boғliq. Nixoyat o'quv materialini bildirish metodlarini va metodik usullarini tanlashga o'qituvchining pedagogik tajribasi, individual sifatlari, ish uslubi, ya'ni o'qituvchining pedagogik maxorati ancha ta'sir etadi. O'quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash. O'quvchilarni yangi bilimlarni ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.1 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
26.1 KB
Ko'rishlar soni
36 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc