O'quv materiallarini bildirishining metod va metodik usullarini tanlash O'quvchilarga o'quv materiallarini bildirish o'qituvchi faoliyatining asosiy elementlardan biridir. O'quv jarayonining bu zvenosiga o'quvchilar faoliyatining quyidagi elementlari: bilimlarni idrok etish, tushunib olish va umumlashtirish to'g'ri keladi. Ammo o'quvchilarga o'quv materialini bildirishni uni tushunib olish va umumlashtirish bilan bog'lash o'qituvchiga uziga to'g'ri yul tanlashi uchun zarurdir. Agar o'qituvchi o'quv materialini bildirishda asosiy vazifa bayon etilgan ma'lumotlarni o'quvchilarning idrok etishidan iboratdeb bilsa, bu xol o'qituvchini o'quvchilarning fikrlash faoliyatini aktivlashtirishga yordam beruvchi forma, metod va metodik usullarni tadbiq etishga ragbatlantirmaydi, va aksincha, maqsadli bilimlarni tushunib olish va umumlashtirishga karatish o'qituvchini o'quv materialini bayon etishning eng samarali metodlarini, o'quvchilarning bilimlarini uzlashtirish darajasini tekshirishning tegishli kriterilarini izlash va tadbiq etishga undaydi. Yangi o'quv materialini bildirish o'qituvchi ishidagi asosiy masaladir. Yangi materialni bildirishda, asosan, og'zaki metodlardan: og'zaki bayon etishdan (suzlab berish, tushuntirish, ma'ruza, suhbatdan) o'quvchilarning kitob bilan ishlashidan va ko'rsatma qo'llanmalar, diafilmlar, kinofilmlar, tajribalar ko'rsatishdan foydalaniladi. Ammo yangi materialni bildirish va buning natijasida o'quvchilar olingan bilimlarni idrok etishi, tushunib olishi, dastlabki zarur umumlashtirishlar qilishi kerakligi an'anaviy metodlarni boshqa metodlar bilan kushib olib borishni talab etadi. O'qituvchi o'quv materialini bayon etganda, laboratoriya amamliy ishlarni bajarish vaqtida, mashqlar jarayonida, mustaqil kuzatishlar vaqtida ijodiy xarakterdagi ishlarni bajarish natijasida o'quvchilar yangi bilimlar oladilar. O'qituvchining vazifasi o'quvchilar faoliyatining xamma turlarini bilimlar olish va ularni kengaytirish manbayiga aylantirishdan iborat. O'quv materialini bildirish metodini tanlash, urganilayotgan materialning mazmuni, xarakteri va murakkabligiga, mashg'ulotlarning didaktik maqsadiga, o'qitish vositalari bor - yukligiga, o'quvchilarning dastlabki bilimlari va shu kabilarga ko'p jihatdan bog'liq. Kasb-hunar maktablaridagi o'quv jarayonining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, o'quvchilarning nazariy mashg'ulotlari bilan bir katorda katta xajmda ishlab chiqarish ta'limi xam o'tkaziladi. Bu xol o'qituvchidan o'quvchilarga o'quv materialini amaliy rejada bildirishni talab qiladi, bu esa o'quvchilarning materialni idrok etishiga ta'sir kursatadi. Shuning uchun o'quv materialini bildirish metodlarini tanlashda o'qituvchi o'quvchilarning ishlab chiqarish tajribalarini, ularning o'qitilish davrini, urganilayotgan materiallarning amaliyot bilan bog'liqligini xam etiborga olish zarur. O'quv matekrialini bildirish metodlarini tanlash bir kator subyektiv faktorlarga, jumladan, butun o'quv guruhining xususiyatlariga, ayrim o'quvchilarning individual xususiyatlariga bog'liq. Nixoyat o'quv materialini bildirish metodlarini va metodik usullarini tanlashga o'qituvchining pedagogik tajribasi, individual sifatlari, ish uslubi, yani o'qituvchining pedagogik mahorati ancha ta'sir etadi. O'quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash. O'quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash usullari ko'p, bu usullardan kay birin qo'llash lozimligi urganiladigan materilni mazmuniga, uning kanchalik muhimligiga, o'quvchilarning kanchalik tayyorlanganligi va o'qituvchining tajribasiga bog'liq. O'quvchilarni urganiladigan material bilan tanishtirishning eng ko'p tarkalgan usullaridan biri o'quvchilar bilan olgan materiallar bilan bilishi kerak ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
13.96 KB
Ko'rishlar soni
38 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc