O'quv materiallarini strukturalash SHERALIYEV ULUGBEK O'QUV MATERIALLARINI STRUKTURALASH O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev o'quvchilarni san'at va adabiyot namunalari bilan yaqindan tanishtirish orqali ularning ma'naviy-madaniy olamini boyitishning zarurligini konseptual asosda belgilab berdi.O'quv materiallarini qabul qilish o'quvchining aqliy-hissiy taraqqiyoti bilan bevosita bog'liqdir. Badiiy estetik mazmundagi o'quv materiallari yordamida o'quvchilar o'zbek xalqining ko'p asrlik san'ati namunalari bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo'ladilar. Uni o'rganish, chuqur idrok qilish orqali o'quvchilarning hissiy olami boyib, bilim va ko'nikmaga ega bo'ladilar. Shu sababli o'quvchilarning badiiy estetik mazmundagi o'quv materiallarini kognitiv qabul qilish layoqatini rivojlantirish uchun mavjud o'quv materiallarini strukturalashtirish muhim ahamiyatga egadir. O'quv materiali «O'quv materiali - o'zida muayyan o'quv faniga oid o'quv ma'lumotlari, bilimlar, tushunchalar, axborotlarni mujassamlashtirgan didaktik birlikni ifodalovchi tushuncha» bo'lib, o'quvchilarga tizimli tarzda taqdim etiladi. O'quv faoliyatining samaradorligi o'quvchilarning didaktik materiallarni kognitiv qabul qila olish layoqatiga egaliklari bilan beliglanadi. Buning uchun o'quv materiallari maqsadga muvofiq tarzda tanlanishi va strukturalashtirilishi lozim Badiiy-estetik Badiiy-estetik mazmundagi o'quv materiallarini strukturalashtirish natijasida o'quvchilar ularni kognitiv qabul qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Axborotlarning ko'payishi barobarida badiiy-estetik mazmundagi o'quv materiallarining tarkibi ham kengayadi. Bunday o'quv materiallarida sohaga oid bilimlar ajratiladi va chuqurlashtiriladi. Amaliy ishlar yordamida o'quvchilar o'quv materiallarini quyidagi usullar yordamida kognitiv qabul qilishga erishadilar: Birinchi usul Diqqatni bir nuqtaga jamlash. Bu usul o'quv materialini kognitiv qabul qilish va uzoq vaqt esda saqlashlariga ko'maklashadi.Masalan, Musiqa, Tasviriy san'at darslarida ayni bir vaqtning o'zida ichki hamda tashqi tayanch materiallardan foydalanish mumkin: - verbal xarakterdagi o'quv materiallari; ular: rejalar, tezislar, mantiqiytarkibli chizmalar, tayanch so'zlar yoki fikriy ishoralar; - chizmalar shaklidagi ifodalar; ular: o'quv materialini qurish rejasi, chizmalar, diagrammalar, jadvallar, raqamlar, xronologik jadvallar; - illyustratsiya shaklidagi tayanch ifodalar; ular: rasmlar, portretlar, izohli rasmlar turkumi, plakatlar kabilar. Ikkinchi usul Badiiy-estetik mazmundagi o'quv materiallarini strukturalashtirish. O'quv materiallari mazmunini tanlash va tizimlashtirish asosida o'quv materialining barcha qismlarini mantiqiy izchillikda joylashtirish va o'quvchining kognitiv qabul qilishi uchun qulaylashtirish imkoniyati vujudga keladi. Mazkur materiallar tizimlilik prinsipi asosida joylashtiriladi. Uning yordamida o'quv materialining tarkibiy qismi: dalillar, hodisalar muayyan darajada tartiblashtiriladi. Bunday jadvallar, rasmlar, chizmalar ular orasidagi munosabat va aloqadorlikni ifodalaydi. Xulosa qilib aytganda o'quv materiallarini tizimlashtirish va strukturalashtirishda o'quvchilarning diqqatini boshqarish, strukturalash metodlari yordamida uni rejalashtirishni ta'minlash lozim. Bu o'z navbatida, o'quvchilarning kognitiv layoqatlarini rivojlantirish, ularni yaratuvchanlikka undash imkonini beradi. Ularda bilish usullaridan foydalanish ko'nikmasi hosil bo'ladi. Aqliy imkoniyatlarga tayangan holda o'quv materiallarini o'zlashtirish ko'nikmasi shakllanadi. O'quvchilarda badiiy-estetik mazmundagi o'quv materiallarini kognitiv qabul qilish tajribasi, bilishmayllarining imkon qadar to'liq namoyon bo'lishi o'quv topshiriqlarini muvaffaqiyatli bajarish omili bo'lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati 1. O'zbekiston ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.75 MB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: pptx