O'quv motivlarini shakllanishida ta'limning o'rni Mustaqillik yillarida ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan keng ko'llamli islohotlarning, shubhasiz, eng salmoqli natijalaridan biri Respublika o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimining tubdan qayta qurilgani hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining ulkan tizimidan tashkil topgan ta'lim bosqichining mukammal shakllantirilganidan iborat. me'yoriy hujjatlarda maxsus belgilab qo'yilganidek, akademik litseylar o'quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishi, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o'qitishni ta'minlaydi. Akademik litseylarda o'quvchilar o'zlari tanlagan yo'nalish bo'yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Kasb-hunar kollejlari esa o'quvchilarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko'nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlagan yo'nalishlari bo'yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb egallash imkonini beradi. Tadqiqotchilar asosiy etibor qaratadilarki, kasb-hunar kollejlari ishlab turgan hunar texnika bilim yurtlari, o'rta maxsus o'quv yurtlari va boshqa ta'lim muassasalari negizida turli yo'nalishlarda tashkil etiladi. Takidlash joizki, yangidan tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlari oldingi PTUdan ham mazmunan, ham shaqlan tubdan farq qiladi. O'rtadagi farqlar o'quvchilarni o'qishga qabul qilishdan boshlab o'quv jarayonining tashkil etilishi, mazmuni bilan mezoni va pirovard natijada bir necha kasb-hunar egasi - usta, kichik mutaxassis bo'lib o'qishni tamomlashidan iboratdir. Kasb-hunar kollejlarida o'quv dasturlari oldingi o'quv bosqichi - umumta'lim maktablari va keyingi poonada turgan oliy o'quv yurtlarining o'quv dasturlari bilan o'zaro uzviylik va izchillik tamoyiliga amal qiladi. Ayni paytda kasb-hunar kollejlari pedagoglardan yuqori bilim va pedagogik texnologiyalarga ega bo'lishlari kerakligi bilan farq qiladi. Bugungi kunda qishloq va shaharlarimizda faoliyat ko'rsatayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta'lim olayotgan talabalar o'quv faoliyatining motivatsion tuzilishini o'rganish maqsadida maxsus psixologik tadqiqot o'tkazildi. Tadqiqotdan ko'zlangan asosiy maqsad akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari o'quv motivlarining o'ziga xos tuzilishini va psixologik xususiyatlarini o'rganishdan iborat. Maqsadni amalga oshirish uchun Toshkent shahridan bittadan akademik litsey (Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi pedagogik litsey) va kasb-hunar kolleji (Pedagogika kasb-hunar kolleji) hamda Buxoro viloyatidan bittadan akademik litsey (qorako'l tumanidagi gimnaziya) va kasb-hunar kolleji (qorako'l tumanidagi qishloq xo'jalik kolleji) tanlab olindi. Mazkur o'quv muassasalari talabalaridan bittadan guruh tanlab olinib, ularda «O'qish faoliyati motivlari» va «Muvaffaqiyatga erishishga bo'lgan ehtiyojlar» psixologik metodikalari yordamida tadqiqot o'tkazildi. Olingan natijalar shuni ko'rsatadiki, o'quv motivlari, birinchidan, shahar va qishloq sharoitlari kesimida, ikkinchidan, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari kesimlarida tahlil qilingan. Biz etti xil o'quv motivlarini ko'rib chiqamiz. Bu o'quv motivlarini talabalar tomonidan tanlanish miqdoriga qarab, ular uchun eng muhim bo'lgan motivlarni aniqladik. Tahlilni dastavval shahar sharoiti uchun amalga oshiramiz. Jadvaldan ko'rinadiki, akademik litsey talabalari eng ko'p tanlagan motivlar quyidagilar: tor ijtimoiy motivlar (60,95%) va chetlangan motivlar (76,2%); shahar kasb-hunar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.44 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
29.44 KB
Ko'rishlar soni
35 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc