O'quv portfoliosi - imkoniyatlari va afzalliklari

O'quv portfoliosi - imkoniyatlari va afzalliklari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv portfoliosi - imkoniyatlari va afzalliklari - rasmi

Material tavsifi

O'quv portfoliosi: imkoniyatlari va afzalliklari PORTFOLIO NIMA? 1) nazorat vositasi; 2) professor-o'qituvchining baholashga doir faoliyati vositasi; 3) baholash va o'zining shaxsiy muvafaqqiyatini baholashning ko'pfunksiyali vositasi; 4) individual muvafaqqiyatlar monitoringini amalga oshirish vositasi yoki imtihonning muqobil shakli; 5) ta'lim natijalarini belgilab beruvchi muqobil vosita yoki texnologiya; 6) ta'limiy muvafaqqiyatlarni va qo'shimcha natijalarni baholash vositasi 7) talabaning zarur va istiqbolli imkoniyat va qobiliyatlarini, uning kuchli va kuchsiz tomonlarini ko'rsatib berish, shaxsiy, kasbiy va ijodiy salohiyatini ochib berishning obyektiv va maksimal ravishda to'liq aniqlash vositasi. O'QUV PORTFOLIOSI TURLARI 1. Hujjatlar portfoliosi. Bunday turdagi portfolio indiviudal ta'limiy muvaffaqiyatlarning sertifikatlangan portfeli: diplom, faxriy yorliq, guvohnoma va boshqalar. 2. Ishlar portfoliosi o'zida turli xil ijodiy ishlar, loyihalar, tadqiqot ishlarini aks ettiradi: reyting daftarchasi, ijodiy ish daftari, elektron hujjatlar, modellar, loyihalar, ijtimoiy amaliyotga doir hisobotlar. Mazkur portfolioda talaba mustaqil va guruhdoshlari bilan birgalikda to'plagan adabiyotlar, davriy nashrlarning kseronusxalari, illyustratsiyalar joylanadi. 3. Taqrizlar portfoliosida talabaning erishgan yutuqlarini baholashga doir xulosalar, taqrizlar, rezyumelar, esselar, tavsiyanoma va tavsifnomalar taqdim etiladi. 4. Natijalar portfoliosi belgilangan yo'nalish bo'yicha egallanuvchi talabalar mahoratini jamlash uchun qo'llaniladi; talabalar yoki pedagoglar tomonidan jamlangan talabalarning eng yaxshi ishlarini o'zida aks ettiradi. Natijalar portfoliosi individual va guruhli bo'lishi mumkin. Guruh natijalari portfoliosi g'oyasidan Eng yaxshi talabalar guruhi konkursida foydalanish mumkin. 5. Baholovchi portfolio talabalarning egallagan bilim va ko'nikmalarini nazorat qilish uchun yig'iladi va turli xildagi nazorat materiallaridan tashkil topadi: nazorat ishlari, testlar, chizmalar, krossvordlar va boshqalar. Baholovchi portfolioni pedagog mustaqil ravishda tuzishi va ta'lim olish kursi tugashigacha bo'lgan vaqtga mo'ljallashi mumkin. 6. On-line-portfolio xilma-xil shakllarda qo'llanilishi mumkin. Bunday portfolioning birinchi shaklida talabalar oliy ta'lim muassasasi yoki fakultet saytiga materiallar qo'shishlari, ikkinchi ko'rinishi sifatida o'zlarining shaxsiy veb-saytini yaratish va o'z tushungani asosida semestr yakunlari bo'yicha hisobot tarzida tayyorlanadigan portfoliodan foydalanish mumkin. TALABALARNI PORTFOLIO YaRATIShGA DOIR FAOLIYaT BOSQIChLARI 1-qadam. Dastlab talabalarda portfolio yaratishga doir motivatsiya hosil qilinadi. 2-qadam. Talabalar bilan hamkorlikda portfolioning turi va tuzilishi haqida kelishib olinadi. 3-qadam. Portfolioni yaratish muddati va vaqti belgilab olinadi. 4-qadam. Portfolioni baholash mezonlari kelishib olinadi. 5-qadam. Baholash tizimini yaratish va nazorat obyektlarini aniqlash. O'quv portfoliosini yaratishning birinchi bosqichida talabalarga portfolioning afzalliklari, uni yaratishdan ko'zlangan maqsad, portfolioning turlari haqida ma'lumot beriladi. So'ngra portfolioning tuzilishi bilan tanishtiriladi: 1) titul qismi; 2) mundarija; 3) portfolioning maqsadini ko'rsatish. 4) portfolioning bo'limlari haqida ma'lumot berish. Ishlar portfoliosi portfoliolar yaratishga qo'yiladigan talablarga muvofiq to'rtta bo'limni o'z ichiga oldi: 1. Mening qiyofam. 2. Kollektor. 3. Ish materiallari. 4. Yutuqlar. Mening qiyofam bo'limining maqsadi: talabalarning o'zlari haqidagi ma'lumotlarni taqdim etish. Mazkur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 54.51 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: ppt
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → ppt
Fayl hajmi 54.51 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: ppt
Tepaga