O'quv qurollariga qo'yilgan gigiyenik talablar Yozuv qurollari va ulardan foydalanish O'quvchilarda yozuv malakalarini hosil qilishdan avval ularni sifatli yozuv qurollari bilan to'liq ta'minlash talab etiladi. Yozuvlarning chiroyli bo'lishi ko'p jihatdan yozuv quroliga bog'liqdir. Bolani maktabga kelgan kunidan boshlab yozuv qurollaridan to'g'ri foydalanishga va uni ozoda saqlashga o'rgatish lozim. O'quvchilarning yozuv qurollarini muntazam tekshirib borish har bir o'qituvchining muhim vazifasidir. Daftarga toza va aniq yozish; Davtarning muqovasidagi yozuvlar yagona talab asosida yozilishi, unda daftar qaysi fan uchun tutilganligi (ona tili, matematika), nechanchi sinf, maktabining nomi va nomeri, o'quvchining ismi va familiyasi ko'rsatib o'tilishi kerak; 1 sinfda (1 sinfning birinchi yarim yilligida) o'quvchilarning daftarlari muqovasiga o'qituvchi tomonidan yoziladi. Har bir daftarda xoshiya qoldirilishi kerak. D a f t a r. Daftar o'quvchilar uchun asosiy yozuv quroli bo'lib, u sifatli qog'ozdan ishlangan, silliq va chiziqlari aniq ko'rinib turadigan bo'lishi kerak. Bosma qog'oz. Yozuv jarayonida bosma qog'ozdan foydalanishni unutmaslik lozim. Bosma qog'ozdan foydalanish yozuvning buzilishiga yo'l qo'ymadi. Ammo undan faqat daftarning ikkinchi betiga o'tayotganda ko'proq foydalaniladi. O'qituvchi har bir o'quvchining daftarida bosma qog'oz bo'lishiga erishmog'i lozim. A v t o r u ch k a Boshlang'ich sinflarda yangi dastur talabi bo'yicha o'quvchilarga ikki xil avtoruchkada yozish tavsiya etiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun tavsiya etiladigan avtoruchkalarning yo'g'onligi ularning qo'l barmoqlariga mos bo'lib, haddan tashqari yo'g'on yoki ingichka bo'lmasligi kerak. Boshlang'ich sinf o'quvchilari sharikli avtoruchkalardan ham foydalanishlari mumkin. O'quvchilarga har ikkala turdagi avtoruchkadan foydalanish qoidalarini o'rgatish zarur. Avtoruchkalardan foydalanish haqida alohida to'xtalib o'tamiz. Sinf doskasidan foydalanish Maktablar uchun chiqarilgan sinf doskasi qora yoki to'q yashil randa bo'lishi lozim. Sinf doskasining yuzi tekis bo'lib, juda silliq ham bo'lmasligi lozim, aks holda bo'r doskada sirpanib o'zuvning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Sinf doskasini ikki turga bo'lish mumkin: biri domiy devorga osig'liq turadigan doska, ikkinchisi tik o'q atrofida aylanadigan ko'chma doska. Bunday doskaning qulay tomoni shundaki, uni derazadan tushayotgan yorug'ga qarab burish mumkin. Bunday doskachalarni mehnat darslarida yuqori sinf o'quvchilari ham yasab berishlari mumkin. Sinf doskasi linoleumdan yoki taxtadan yasalishi mumkin. Linoleumdan yasalgan sinf doskasi sifatli hisoblanadi, chunki taxtadan yasalgan doskalar xar yili bo'yalib turiladi. Natijada bo'yoqlar qatlami hosil bo'lib, doskaga yozish vaqtida bo'r sirg'anib ketaveradi. Sinf doskasi qoida bo'yicha eniga 1,200 mm, uzunligi 300 mm bo'lishi lozim. Sinf doskasining chetiga raqamlar qo'yilgan bo'lib, pastki qismida esa bo'r va latta uchun joy bo'lishi shart. Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun doska poldan 85 sm yuqoriga o'rnatilgan bo'lishi lozim. O'quvchilarga yozuvlarni yanada yaqqolroq ko'rsatish uchun sinf doskasini balandroq qo'yish ham mumkin. Ammo bunda ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.93 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
168.93 KB
Ko'rishlar soni
96 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: pptx