O'quv rejasi va dasturlari

O'quv rejasi va dasturlari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quv rejasi va dasturlari - rasmi

Material tavsifi

O'quv rejasi va dasturlari. O'quv rejasida ko'rsatilgan fanlar ularni o'rganish tartibi, har bir o'quv faniga ajratilgan vaqt, konsultatsiya va imtihonlar barcha o'quv guruhlari uchun majburiydir. O'quv rejasi O'quv yurtining turi, maqsadi va vazfalarini, O'quvchilarning soni va o'qish muddatini belgilovchi davlat hujjatlari asosida ishlab chiqiladi. O'quv rejasiga kirgan hujjatlarni malaka tavsifnomasi, mavzular rejasi va O'quv dasturlari tashkil etadi. Malaka tavsifnomasi - ishchining bilimi hamda kasbiy saviyasiga qo'yiladigan asosiy talablar mujassamlangan normativ hujjatdir. Unda ishchi u yoki bu kasb faoliyati doirasidagi ishlarni ongli va to'g'ri bajarishi uchun egallashi zarur bilimlar ifodalanadi. Malaka tavsifnomasi ish va kasblar, xalq xo'jaligining muayyan sohalaridagi mashg'ulotlarning yagona ta'rif malaka ma'lumotnoma asosida tuziladi. Malaka tavsifnomasida kasb va ixtisoslarning aniq nomlari, texnik va maxsus bilimlar, mehnat ko'nikma va malakalari, malaka oshirish bo'yicha yo'l-yo'riqlar ifodalanadi. Bu hujjatlar o'quv rejasi va dasturlarini tuzishda asos bo'ladi, shuningdek bitirish imtihonlarida o'quvchilarning bilimlarini sifatli aniqlash uchun xizmat qiladi. Mavzular rejasi - o'quv dasturining bir qismini tashkil etib, unda mavzularning tartibi va nomi, ularning o'tish uchun, shu jumladan, nazariy, laboratoriya amaliy mashg'ulotlari va ishlab chiqarish ta'limi uchun ajratilgan vaqtlar ko'rsatiladi. O'quv dasturlari. Fanni hajmini, uni o'qitishning mazmuni va tartibini belgilaydi. Yangi o'quv reja va dasturlarida materiallar o'quv yillari bo'yicha taqsimlangan ikkinchi darajali materiallar chiqarib tashlangan, o'quvchilarning yangi texnika bo'yicha bilim va malakalar bilan qurollantirish, o'quv ustaxonalarida, laboratoriyalarida o'qitish, yangi texnologik jarayonlar bilan tanishtirish ko'zda tutilgan. Asosiy etibor ularda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, mehnatga ongli munosabatni tarbiyalash ishlariga qaratilgan. Dars rejasi asosiy o'quv-rejalashtirish hujjatlaridan biri bo'lib, uni o'qituvchi o'quv dasturi va perspektiv mavzular rejasi asosida tuzadi. Unda darsning ta'lim-tarbiyaviy maqsadlari, o'qitish va tarbiyalash masalalari ko'rsatiladi hamda darsning tarkibi va elementlari, xar bir elementga ajratilgan vaqt, o'qituvchi tomonidan izohlanadigan o'quv materialining ketma-ketligi va mazmuni, mustaqil ishlarning xarakteri va mazmuni, uy topshirig'i va boshqalar ifodalanadi. Adabiyotlar I. A. Karimov. «Barkamol avlod orzusi». T. 199 y. I. A. Karimov. «Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». T. 1997 y. V. A. Skakun. «Ishlab chiqarish ta'limi ustozi uchun qo'llanma». Toshkent «O'qituvchi» 1992 y. R. X. Djuraev. «Teoriya i praktika intensifikatsii professionalnoy podgogtovki uchashixsya proftexuchilih». Toshkent. «FAN» 1992 y. S. A. Akmalova. «ta'lim nazariyasi didaktika masalalari bo'yicha o'quv qo'llanma». Namangan 1993 y. K. J. Mirsaidov. «Maxsus fanlarni o'qitish va ishlab chiqarish ta'limi». Toshkent «O'qituvchi» 1996 y. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.07 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 9.07 KB
Ko'rishlar soni 40 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga