O'quv ustaxonasida darsni tashkil qilish va o'tkazish metodikasi Reja: O'quv ustaxonasi haqida umumiy ma'lumotlar Chilangarlik - mexanik ustaxonasida jihozlarning joylashtirilishi. O'quv ustaxonasida dars Kasb-hunar kollejlarida o'quv ustaxonalari o'quvchilarga kasb - hunar asoslarini mehnat harakatlari, operatsiyalarni kichik mutaxassislar bajaradigan vazifalarini, tegishli kasb uchun asos bo'lgan ishlarni bajarish usullarini sifatli o'rganish maxsus sharoit yaratish maqsadida tashkil etiladi. Turli kasblar bo'yicha mehnatning mazmuniga, ishlab chiqarish ishlarining o'qitilishi xosligiga qarab, turli kasblar uchun o'quv ustaxonalarida ishlab chiqarish ta'limining muddati turlichadir. Tokar, frezerchi, remontchi-slesar, payvandchi va shunga o'xshash kasblarga, ya'ni o'quv va ishlab chiqarish vazifalarini muvaffaqiyatli qo'shib olib borish mumkin bo'lgan joylarda o'quvchilar o'quv ustaxonalarida ikki yil davomida ta'lim oladilar, bu esa ta'lim davrining 50-60 foizini tashkil qiladi. Mutaxassislarning mehnati murakkab, qimmatbaho, yirik o'lchamli ishlab chiqarish uskunalariga xizmat ko'rsatish, ularni tuzatish, sozlash bilan murakkab texnologik jarayonlarni, qurilish-montaj ishlari va shunga o'xshash ishlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan boshqa kasblar bo'yicha o'quv ustaxonalarida faqat asosiy harakatlar va operatsiyalarni: slesarlik, elektr-montaj ishlari, qurilishda pardozlash, dastlabki montaj ishlari va shu kabilarni o'rganish uchun tashkil qilinadi. Chunki to'la texnologiya jarayonini bajarishga o'rgatish uchun maxsus o'quv sharoitini vujudga keltirish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas. Kasb bo'yicha mehnat mazmunining xususiyatiga qarab, o'quv ustaxonalarida o'quvchilarni ishlab chiqarish ta'limi ulaming unumli mehnati jarayonida o'tkaziladi. Shu sababli o'quv ustaxonalari ta'lim talablariga ham, ishlab chiqarish talablariga ham muvofiq bo'lishi zarur. O'quvchilarning ish o'rinlarini rejalashtirish, tashkil etish va jihozlash, o'quv ustaxonalarini tashkil etish hamda o'quv ishlab chiqarish faoliyati xususiyatlari, tabiiyki turli kasblar uchun turlichadir. Ammo, umuman, o'quv ustaxonalari uchun xos bo'lgan umumiy talablarni ajratib ko'rsatish mumkin. O'quv ustaxonalari quyidagi talablarga javob berishi kerak: uskunalaming normal o'rnatilishi. joylashtirilishi va ishlashi uchun sharoitlarga (maydon, binoning qavati, balandligi, texnologik potokni hisobga olgan holda rejalashtirish va hokazo) ega bo'lishi; mehnat xavfsizligi, sanitariya va gigiyena talablariga muvofiq bo'lishi (yong'in va portlash xavfi bo'lgan bo'limlarni, shuningdek, chang va gaz chiqadigan bo'linmalarni asosiy binodan ajratish; ko'tarma-transport qurilmalarining, yong'in paytida chiqish yo'llari va o't o'chirish vositalarining mavjudligi, normal va sun'iy yoritkichlar, shamollatish qurilmalarining mavjudligi; binoda normal ish haroratining ta'minlanishi va hoka'zolar); o'quvchilar ish o'mini jihozlashning asosi yakka tartibda foydalaniladigan uskuna, ya'ni o'quvchilar o'z kasblari uchun xos bo'lgan o'quv-ishlab chiqarish ishlarini bajaradigan uskunadir. Bunga nisbatan asosiy o'quv-texnika talablari: ularning kasbga mosligi, konstruksiyasining zamonaviyligi, universalligi, boshqarishning nisbatan osonligi, ixchamligi, foydalanish va xizmat ko'rsatishda qulayligi, ishda xavfsizligi. Bu talablarning me'yorlari tegishli me'yoriy hujjatlarda ko'zda tutilgan bo'lib, turli tarmoqlar uchun turlichadir: Ishlab chiqarish estetikasi talablariga - binoning rangi va bo'yoq turlari (shifti oq, devorlari och sariq bo'lishi); bezaklar ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.22 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: docx
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
25.22 KB
Ko'rishlar soni
37 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: docx