O'quv, o'quv-metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish Reja: O'quv yuklamalari, o'quv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish Oliy o'quv yurtlarida o'quv jarayonini rejalashtirish tizimi O'quv yuklamalari, o'quv metodik, ilmiy va tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini rejalashtirish va amalga oshirish O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug'i bilan tartibga solinadi. O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 10 sentyabrdagi 20-2018-son buyrug'i va uning ilovasi quyida keltirilgan: Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to'g'risida [O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018 yil 8 oktyabrda ro'yxatdan o'tkazildi, ro'yxat raqami 3076]. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to'g'risida»gi qonunlariga asosan hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son «Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi va 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorlariga muvofiq, shuningdek professor-o'qituvchilar tarkibining shaxsiy ish rejasini tartibga solish va tizimlashtirish maqsadida buyuraman: 1. Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin. O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirining 2015 yil 9 sentyabrdagi 5-2015-son «Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv, ilmiy-metodik, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy-metodik, ma'naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar yuklamasini aniqlash qoidalarini tasdiqlash to'g'risida»gi buyrug'i (ro'yxat raqami 2720, 2015 yil 19 oktyabr) (O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2015 y., 42-son, 540-modda) o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin. Mazkur buyruq rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi. ILOVA Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash QOIDALARI Ushbu Qoidalar O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-152 3775-son «Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga muvofiq oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilar tarkibining o'quv yuklamasi hamda o'quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va «ustoz-shogird» ishlarini belgilash qoidalarini belgilaydi. Mazkur Qoidalar Toshkent davlat yuridik universiteti, harbiy oliy ta'lim muassasalari va O'zbekiston Respublikasi hududida o'z faoliyatini yuritayotgan xalqaro va xorijiy oliy ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Oliy ta'lim muassasasi professor-o'qituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-o'qituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har o'quv yili uchun ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.42 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
45.42 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:34 ]
Arxiv ichida: doc