O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'lim qoidalari

O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'lim qoidalari

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchi shaxsiga qaratilgan ta'lim qoidalari - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1. Tabiiy uyg'unlikda o'qit! 2. O'qitish jarayonida o'smir bolalarning tabiiy rivojlanish bosqichidan foydalan!. 3. Ta'lim berishni o'quvchining rivojlanish darajasini hisobga olgan holda boshla. Uni ketma-ket, uzluksiz, muntazam va asosli ravishda olib bor! 4. O'quvchiga hozir zarur bo'lmagan va keyichalik kerak bo'lmaydigan narsani o'qitma! Ushbu qoidaga asosan o'quvchini haqiqatga, yaxshilikka va go'zallikka xizmat qiluvchi shaxs qilib o'rgatish kerak. O'qitish odamzot tabiatiga, uning rivojlanish qonunlariga mos bo'lishi lozim. Bu har bir ta'limning bosh, eng oliy va asosiy qonunidir. Agar ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan metodni, prinsipni tabiatga uyg'unligi isbotlangan bo'lsa, ushbu metod, prinsip to'g'ri demakdir. Nimaiki bola tabiatiga va tabiiylikga qarshi bo'lsa, u noto'g'ri va albatta yaroqsizdir. Shuning uchun o'qituvchining vrachga o'xshab bolaning tabiatini, uning xususiyatlarini, intilishlarini o'rganishi juda muhimdir. O'quvchining hohishini, intilishini vaqtincha taqiqlash(ma'n qilish), yo'qotishga harakat qilish mumkin, ammo ularning barchasi befoyda. Chunki bu intilishlar baribir yashaydi, vaqti-vaqti bilan namoyon bo'ladi, yuzaga chiqadi. Shuning uchun, yaxshisi bu hohish va intilishlarni o'rganib, ularni yaxshilikka yo'naltirishaga harakat qilinsa yaxshi natija beradi. Tabiatga qarshi emas, balki tabiat yordamida vrach kasalni davolashi mumkin, tabiat vrach yordamida kasalni yengadi. Kasalni tabiatini o'rganmagan vrachni hamma dori darmonlari befoydadir. Vrach tabiatni o'rgansa, unga madad bo'lsa kasal tuzaladi. Har bir san'at faqat tabiat yordamida natijaga erishishi mumkin, ammo tabiatga qarshi chiqsa hech narsaga erishmaydi. Har bir erishgan yutug'imiz yuzaki qaragandagina biznning yutug'imiz, aslida esa bu tabiat yutug'i. Texnikaning olamshumul kashfiyotlari ham odamzodni tabiatning kuchidan mohirona foydalanishdir. Tabiat oldida odam hech narsa emas, faqat tabiat bilan birgalikda u buyukdir. Tabiat qonunlari, kuchlar-bu borliqdir. Dunyodagi barcha yovuzlik, jinoyatni kelib chiqishining sababi-odam tabiatining, hohishining qonikmaganligidir. Tabiatga sun'iy to'siq, chegara qo'yib kuzatganlar uning qarshilik kuchi naqadar dahshatli ekanligini biladi. Odam tabiati ham shu kabi kuchlidir. Tabiat unga qancha kuch berganini bilmay turib, uning intilishlarini o'zgartirib bo'lmaydi. Ammo har bir yetuk odam bu tabiat bergan kuch, imkoniyatdan foydalangan holda uni tarbiyalash va o'qitish natijasida yuzaga kelgandir. Inson tabiatiga noto'g'ri munosabatda bo'lish bilan uni o'ldirish mumkin, ammo butun insoniyatni o'ldirib bo'lmaydi. Huddi kuldan paydo bo'ladigan feniks qush kabi har bir tug'ilgan chaqaloqda tabiat yana tug'iladi va o'ziga qarshi bo'lgan hodisa va ta'sirlarga qarshi kurash boshlaydi. Bu kurash bir daqiqa ham so'nmaydi. Dunyoda tabiatdan kuchliroq narsa yo'q, shuning uchun u har doim g'olibdir. Axir qancha irim sirim, zulmat, yolg'on, tuhmatlarga qarshi aql zakovat g'alaba qozonadi. Tabiatga qarshi qancha qonunlar o'ylab chiqarmang, qancha qul qilishga harakat qilmang baribir bir kechada yangi qanotlar o'sib chiqadi. Hech kutilmagan vaqtda u vulqonday otilib chiqadi. Dahshatli kuch bilan barcha qarshiliklarni sindirib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.72 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 52.72 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga