O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim Reja: O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim ning mohiyati O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limda dars shakli O'quvchilarning shaxsiy sifatlarini hisobga olish, ijobiylashtirish va rivojlantirish. Ta'lim bilan tarbiyaning uzviyligini ta'minlash Bola intellekti rivojlanishi nazariyasi Shaxsga yo'naltirilgan ta'limda o'quvchining o'quv faoliyatini baholash va monitoringini yuritish. O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim ning mohiyati O'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'lim-o'quvchi shaxsiy imkoniyatlariga moslashtirilgan pedagogik muhitni hamda ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Bu ta'lim texnologiyasida har bir o'quvchini tushunish, hurmat qilish, unga ishonish katta ahamiyatga ega. O'quvchi-o'qituvchi hamda o'quvchi-o'quvchi hamkorligi ko'zda tutilgan ijobiy natijalarni beradi. Bu texnologiyada kommunikativ metodlardan keng foydalaniladi, ularning ayrim asosiy belgilarini ko'rib chiqamiz. O'qituvchi tomonidan o'quvchi shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirishning quyidagi asosiy mezonlari mavjud: 1. Har bir o'quvchiga buyuk shaxsdek qarash, uni hurmat qilish, uni tushunish, qabul qilish, unga ishonish. 2. Ta'limning shunday muhitini yaratish kerakki, unda o'quvchi o'zini shaxs deb sezsin, unga bo'lgan e'tiborni tuysin. 3. Bolaga tazyiq o'tkazmaslik hamda uning kamchiligini bo'rttirmaslik, bilimlarni o'zlashtirmasligi, o'zini yomon tutishi sabablarini aniqlash va ularni bolaning shaxsiyatiga zarar etkazmaydigan tarzda bartaraf etish. 4. Ta'limda «muvaffaqiyat muhitini» tashkil etish, bolaga o'qishda muvaffaqiyat qozonishiga yordam berish, uning o'z kuchi va iqtidoriga ishonchini orttirish. O'quvchiga atrofdagilarning har biri o'zi kabi ekanligini anglatish, unda jamoaga aloqadorlik hissini rivojlantirish. 5. O'quvchining hurmati va ishonchini qozonish, o'ziga ham shaxs nuqtai nazaridan qarash. Bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limda rivojlantiruvchi muhitning ahamiyati Umumiy o'rta ta'lim muassasasining bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish faoliyatida bolalarning kognitiv (aqliy), kommunikativ (nutq-muloqotchanlik), ijtimoiy-hissiy va jismoniy-motor rivojlanishiga sharoit yaratilishini ta'minlash juda muhimdir. Bolaning rivojlanishiga sharoit nafaqat sinf xonalarida, balki ta'lim muassasasiga kirishda, yo'laklarda, sport va dam olish maydonchalarida ham yaratilgan bo'lishi shart. Xona va bino-bu bolaning rivojlanishi uchun muhim bo'lgan ichki omildir,binodan tashqaridagi sport, dam olish va o'yin maydonchalari, maktab va boshqa ta'lim muassasasining hududi-tashqi omillar bo'lib xizmat qiladi. Bola shaxsiga yo'naltirilgan rivojlantiruvchi muhit ta'lim-tarbiya jarayonida bolaning yoshi, psixologik, fiziologik xususiyatlarini to'liq hisobga olgan holdagi eng qulay shart-sharoitlarni ta'minlashga xizmat qiladi. Unga quyidagi asosiy talablar qo'yiladi: Bolaning salomatligini saqlash omillari: toza havo, toza joy, normal harorat va yorug'lik ta'minlanadigan bino va o'quv xonalari. Maktabning bolani noxush, kutilmagan hodisalardan saqlaydigan xavfsiz joy bo'lishini ta'minlash. Bolalarning harakat, kashf qilish va tajriba qilishlariga rag'bat ko'rsatish, ya'ni maktab hududining barcha joylarida bunga imkon bo'lsin. Masalan, sport, dam olish va o'yin maydonchasida jihozlarning etarli bo'lishi; koridorda turli o'simliklarning o'sishini kuzatish, xonada o'quv fanlariga doir ma'lumotlar, kutubxonada turli kitoblar bo'lishi va shu kabilar. Bolalarning o'zlari ishlagan barcha narsalar, ashyo va qo'llanmalar bola ko'ra ...

Joylangan
11 Oct 2024 | 13:35:17
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 16:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
11 Oct 2024 [ 13:35 ]
Bo'lim
Pedagogika
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 16:35 ]
Arxiv ichida: doc