O'quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti

O'quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti - rasmi

Material tavsifi

O'quvchi tarbiyasining obyekti va subyekti O'quvchi - kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiyaning hayot bilan bog'liqligi Reja: O'quvchi - kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi. Demak, o'quvchi - ijtimoiy munosabatlar mahsuli bo'lib, ongli faoliyat bilan shug'ullanuvchi ijtimoiy mavjudot sifatida jamiyatda o'z o'rni bor. Shaxsning rivojlanishi esa barcha tug'ma va hosil qilingan xususiyatlar: organizmning anatomik tuzilishi, faoliyat va xatti - harakatlarning miqdoriy va sifat o'zgarishi jarayonidir. O'quvchi - kadrlar tayorlash tizimining bosh subyekti Har bir ishning o'ziga xos, ma'lum qonun qoidalari bo'lganidek, bola tarbiyasining ham o'ziga xos bir qator muhim qonun-qoidalari borki, ularga amal qilish tarbiya ishining samarali bo'ulishini ta'minlaydi. - tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi; - tarbiyaning hayot, mehnat bilan, O'zbekistonimizning mustaqilligi, gullab yashnashi yo'lida qilinayotgan fidoiy ishlar bilan bog'lanishi; - o'quvchini jamoada, jamoa orqali tarbiyalash; - tarbiyada bola shaxsini hurmat qilish va unga talabchanlik; - tarbiyaviy ishlarning izchilligi, muntazamligi hamda birligi; - tarbiyada o'quvchilarning yoshi va o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish. Quyidagilar buning yaqqol dalilidir Tarbiya maqsadini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususiyatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama kamol topgan-mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. O'qituvchilar jamoasi va har bir o'qituvchi-tarbiyachi ana shu maqsadlardan kelib chiqib, tarbiyaviy ishlarning, vazifalarini belgilaydi, uning mazmunini aniqlaydi hamda maktab ish sharoitlarini hisobga olgan holda o'quvchilarni tarbiyalashning shakl va uslublarini tanlaydi. Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiyaning hayot bilan bog'liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmuni va tashkil etilishini doimo yangilab turishini talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog'lar ekanlar, ularga o'zlarida iymon-e'tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tashkil qilinganda yoshlar jamiyat hayotiga faolrok; jalb qilinadi, bu esa o'quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi. Tarbiyaning hayot bilan bog'liqligi Ilg'or o'qituvchilar tajribasining ko'rsatishicha, o'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushgandagina tarbiya ishlarini faol o'quvchilarga tayanmog'i, o'quvchilarni turli ishlarni birgalikda bajarishga odatlantirib, ularga jamoatchilik ruhini snngdirib borishi lozim. Maktablar tajribasida faoliyat odatda ommaviy, jamoa, guruh va individulal shakllarda tashkil etiladn. Faoliyatni tashkil etishning ommaviy shakllari ham (ya'ni ularda o'quvchilarning muayyan guruhlari ishtirok etadi) o'z mohiyatiga ko'ra uni amalga oshirish jarayonida faoliyat maqsadga (masalan, ma'ruza, konsert va hokazo) erishish uchun katnashchilariing o'zaro muomalasini nazarda tutmaydi. Maktablar tajribasida faoliyat O'quvchilar guruhida muomalaning o'ziga xos xususiyatni o'rganish uning guruhlarini o'quvchilar muomalasini tashkil etishning samarali shakliga aylantiradigan xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Umumiy tarzda ular quyidagicha tasvirlanishi kerak: guruhiy ish jarayonida o'quvchilarning muomalasi juda samarali bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 584.09 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 584.09 KB
Ko'rishlar soni 57 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga