O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar bilim sifatini oshirish va sinfda intizomni mustahkamlash O'quvchilarning bilish faolligini taraqqiy ettirishda sinf rahbarining vazifasi quyidagilardan iborat: 1. Bilimga qiziqish va muhabbat uyg'otish. Bola bilimga qiziqmasdan turib, o'qishga intilmaydi, muvaffaqiyatli o'qiy olmaydi. Bolada o'z kuchiga va qobiliyatiga ishonch hosil etish, o'qishga jalb etish, ilk yutuqlari uchun rag'batlantirish ayniqsa ahamiyatlidir. Boladagi o'qishga qiziquvchanlik qiyinchiliklarni yengishga, faolligini oshirishga, ishonch uyg'otishga va mustaqilligi kamol topishiga olib keladi. 2. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lish va unga mas'uliyat bilan yondashish. O'quv mehnatiga ongli munosabatda bo'lishlik ta'limning ijtimoiy, o'qishning shaxsiy ahamiyatini tushunish demakdir. Sinf rahbarlari o'quvchilarga ularning bosh vazifasi - o'qish ekanligini tushuntirishi kerak. O'qishga mas'uliyat hissi, faqat Vatan oldidagi burchgagina emas, keng ijtimoiy qamrovli - jamoa, o'qituvchilar, ota-onalar va o'z oldidagi mas'uliyat, ularning fikrlari, ma'qullashlarini eshitishga intilish, sinf, o'quv jamoasida munosib o'rinni egallashga ham tegishlidir. 3. O'quv madaniyatini oshirish. O'zlashtirishning past bo'lishi aksariyat hollarda, o'quvni tizimli va rejali olib borish iqtidori va ko'nikmasining bolalarda shakllanmaganligidan kelib chiqadi. Sinf rahbarining va fan o'qituvchilarining asosiy vazifasi har bir o'quvchining faoliyatini quyidagi shartlar asosiga qurish bilan bog'liq: Faoliyatni reja asosiga qurish. Qunt bilan ishlash. Pala-partishlikka yo'l qo'ymaslik, saranjomlikka o'rganish. Bilim sifatini oshirish. Qiyinchiliklarni yengish. O'quv mehnatida muayyan rejimga itoat etish. Bu degani o'quv mehnatini o'quvchining dam olishi bilan to'g'ri almashtirib borilishidir. 7. O'qishda o'rtoqlarcha o'zaro yordam uyushtirish. O'rtoqlarcha o'zaro yordam sinfda ulgurmovchilikning oldini oladi, sinf jipsligini oshiradi, jamoatchilik ruhining shakllanishiga olib keladi. 8. Sinf o'qituvchilari bilan hamkorlik. Sinf rahbari ta'lim-tarbiyaviy ishlarni yakka o'zi emas, balki shu sinfda dars beruvchi boshqa o'qituvchilar bilan hamkorlikda olib boradi. Endi bevosita ana shu ishlar mazmuni bilan tanyshib chiqamiz. Sinf rahbari tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish jarayonida o'qish nafaqat har kimning shaxsiy ishi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ish ekanligini o'quvchilarga tushuntirib boradi. Mustaqil davlatimiz, butun xalqimiz maktab dargohidan chuqur bilimli, hayotga har tomonlama tayyorlangan kishilarning yetishib chiqishini kutmoqda. Bular haqida sinf majlislarida, har bir o'quvchi bilan alohida yoki bir guruh o'quvchilar bilan o'tkaziladigan suhbatlarda, turli tarbiyaviy tadbirlarda sinf rahbari batafsil gapirib beradi. O'qish bu jiddiy mehnat ekanligini va bunga astoydil yondashish, katta mas'uliyat bilan qarash kerakligi bolalarga tushuntirib boriladi. «Bilim - takrorlash mevasidir», - degan edi Abu Rayhon Beruniy. Sinfda va uyda ko'p va jiddiy ishlaydigan bolalar, odatda o'qishda va mehnatda katta muvaffaqiyatlarga erishadilar. Har qanday muvaffaqiyatning zamirida tinimsiz mehnat yotadi. Bolalarni o'qishga mas'uliyat bilan qarash ruhida, ko'chirib olishga qarshi nafrat ruhida tarbiyalash kerak. Sinf majlislarida vaqti-vaqti bilan mazkur masalalar butun mazmun-mohiyati bilan muhokama qilinishi, shu orqali o'quv mashg'ulotlariga loqaydlik bilan qaraydigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.31 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 25.31 KB
Ko'rishlar soni 42 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga