O'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash

O'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash

O'quvchilarga / Pedagogika
O'quvchilar bilimi, ko'nikma va malakalarini nazorat qilish hamda baholash - rasmi

Material tavsifi

O'quvchilar bilimi, ko'nikmavamalakalarini nazorat qilish hamda baholash Reja: Nazorat va uning mohiyati Nazorat funksiyalari. Nazorat obyekti Nazorat turlari Nazorat usullari baholash. MAVZUGA OID TAYaNCh TUShUNChA VA IBORALAR IZOXI: Nazorat qilish - o'quvchilar faoliyatini, xulqini, o'zlashtirishini kuzatish, tekshirish, hisobga olish. ta'lim jarayonini pedagogik va metodik jihatdan to'gri tashkil qilishning muhim shartlaridan biri. Nazorat - ishning, narsaning ahvoli, borishi kishining yurish turishini kuzatish, tekshirish, taftish qilish. Nazorat funksiyalari - aniqlash, to'grilash, ogoxlantirish, intiltirish, umumlashtirish. Nazorat turlari - joriy, oraliq, yakuniy, mavsumiy nazorat. Nazorat shakllari - individual, frontal, og'zaki, yozma, bir tilli va ikki tilli nazorat. baholash - bilim, ko'nikma va malaka darajasini ball bilan o'lchash. Bilim - shaxsning bilish faoliyati maxsuli. Tasavvur va tushunchalardan iborat ong mazmuni. Shaxsning malum sohada to'plagan ilmiy tajribasi. Ko'nikma - ongli ravishda bajariladigan harakat. Ongli bajariladigan chet tilidagi nutq malakasining avtomatlashgan tarkibiy qismi. Malaka - qisman avtomatizm darajasiga ko'tarilgan faoliyat. Nazorat obyekti - chet til nutqiy ko'nikma va malakalari. Nazorat vazifalari - ta'limiy, oldini olish, tuzatish, boshqaruv, baholash. Mavzuviy nazorat - mavzu yakunida o'tkaziladigan tekshiruv. Joriy nazorat - xar kuni o'tkaziladigan tekshiruv. Oraliq nazorat - malum mavzulardan bir nechtasi yoki yarim yillik yakunida o'tkaziladigan tekshiruv. Yakuniy nazorat o'quv yili yakunida o'tkaziladigan va o'quvchilarni yil mobaynida olgan bilim, ko'nikma va malakalarining rivojlantirish darajasini belgilaydigan tekshiruv. ta'lim jarayonini pedagogika va metodika jihatidan to'gri tashkil qilishning muhim shartlaridan biri, o'quvchilar faoliyatini nazorat qilish va bu faoliyat natijalarini baholashdan iborat. Nazorat deganda ishning, narsaning ahvoli, borishi, kishining yurish-turishini kuzatish, tekshirish, taftish qilishni tushuniladi. Nazorat zamirida kamchiliklarni bartaraf qilish, xatoni tuzatish, ishni yo'lga qo'yish singari ezgu niyatlar yotadi. Tekshiruv, nazorat, kontrol atamalari sinonim sifatida foydalaniladi. Nazorat muammolarining mohiyati, xal qilinishi va amalda tadbiq etilishini birinchi navbatda nima uchun nazorat qilish - nazorat maqsadi, nimani nazorat qilish - nazorat mazmuni, obyekti, qanday nazorat qilish - nazorat usuliga oid masalalarni qanday tushunishiga va xal qilishiga bog'liq. O'quvchilar faoliyatini nazorat qilishdan ko'zlangan maqsad ta'lim maqsadlaridan kelib chiqishi va ta'lim tarbiyani samaradorligini oshirish uchun xizmat qilgan holda bilim, ko'nikma va malakalarning egallanish darajasini aniqlash, o'zlashtirishdagi qiyinchiliklardan ogox qilish, o'quvchilarni bilim olishga intiltirish va olgan bilimlarini umumlashtirish uchun xizmat qilishi kerak. O'quvchilar faoliyatini nazorat qilishdan ko'zlangan maqsad ta'lim maqsadlaridan kelib chiqishi va ular bilan uzviy bog'liq bo'lishi lozim. Chet tili ta'limidan ko'zlangan amaliy, ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlarning qo'lga kiritilish darajasini o'rganish nazoratdan ko'zlangan asosiy maqsad hisoblanadi. Xar qanday nazoratning ta'limiy xarakterga ega bo'lishi o'qish, o'rganish jarayonining muvaffaqiyatini taminlovchi asosiy omillardan biridir. Shu bilan birga nazorat diagnostik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.03 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Pedagogika
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.03 KB
Ko'rishlar soni 56 marta
Ko'chirishlar soni 5 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga